‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 35,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/82
tarix11.12.2023
ölçüsü35,56 Kb.
#146670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao

NUTQ STILISTIKASI
Bu tushuncha adabiyotlarda funksional stilistika yoki funksional 
stil turlari deb ham yuritiladi.
N utq stiUari bir-biriga bogMiq vositalaming tuzilishidan tashkil 
topadi. Ular tilning vazifasi bilan chambarchas bogMiqdir. Shuning 
uchun ham ular 
nutq stillari
deyiladi. Tilning vazifasi jam iyat 
taraqqiyoti bilan bogMiq va uning ijtimoiy moliiyatidan kelib chiqadi.
N utq stili tizimini tashkil etuvchi ifodalar faqat bir stil doirasida 
cheklanib qoladi. Masalan, ilmiy stilda ishlaliladigan term inlar 
badiiy, publitsistik, rasmiy va so‘zlashuv stillarida ishlatilmasligi 
ham mumkin. Lekin har bir nutq stili o‘zining barcha xususiyatlari 
bilan yagona bir maqsadga bo‘ysungan muayyan til vositalarining 
majmuasiga ega.
N utq stillari til taraqqiyotining m a'lum bir davrida asta-sekin 
shakllanadi va o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, XX asr boshida 
nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining kengayib ketishi bilan bog‘liq 
tarzda 0 ‘zbckistonda publitsistik stil vujudga kelgan.
Nutq stillari og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas 
bog‘liq. D em ak, har bir nu tq stili og‘zaki va yozma shaklda 
ifodalanishi mumkin. Masalan, so‘zlashuv stili, asosan, og‘zaki 
nutqqa xos. Lckin badiiy adabiyotda bu stil yozma shaklga ega bo‘ladi. 
Shuningdck, ilmiy stilning og‘zaki ko‘rinishi dars jarayonida m a’ruza 
o ‘qilganda, anjum anlarda ilmiy m a’ruzalar bayon qilinganda 
namoyon bo‘ladi, yozma shakli esa dissertatsiyalar, monografiyalar, 
ilmiy maqolalar tarzida ifodalanadi.
Nutq stiUaii o ‘ziga xos belgilari va farqlaridan qat'i nazar, adabiy 
til me'yorlari asosida umumiylikka ega.
Adabiy m e’yor nima? Adabiy m c’yor atamasiga « 0 ‘zbek tilining 
izohli lug‘ati»da shunday sharh beriladi:
«Adabiy m e’yor til tovush tizimini, grammatik ko‘rinislti va 
lug‘at tarkibidagi eng hayotiy va zaruriy vosilalami tanlab olish 
demakdir. Adabiy m e’yor tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlangan 
sliaklidir».
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adabiy m e'yor tilning faqat yozma ko‘rinishigagina emas, balki 
og‘zaki shakliga ham xosdir. Shuning uchun m a’ruza o‘qilayotganda, 
radio va televideniyedagi cliiqishlarda ham adabiy m e’yorga rioya 
qilish talab qilinadi. Shu bilan birga, uning adabiy m e’yordan chetga 
chiqadigan tom onlari ham mavjud. Masalan, so‘zlashuv stilida 
shevaga xos so‘zlar ham ishlatiladi. Bu adabiy me'yorga zid, lekin 
stil m e’yori hisoblanadi. Badiiy stilda yozuvchi yoki shoir shunday 
so'zlam i yaratislii mumkinki, ular hali m e’yorlashtirilmagan bo‘lishi 
mumkin, lekin stil m e'yori sifatida qolaveradi. Adabiy m e’yor bilan 
stil m e'yorining o ‘zaro m unosabati, ya’ni m ushtarak va farqli 
x u su siy atlari b o ‘yicha d isse rta tsiy a lar yaratilgan. M asalan , 
A.E.Mamatovning «Hozirgi zam on o‘zbek adabiy tilida leksik va 
frazeologik norm a muammolari» nomli doktorlik dissertatsiyasi 
(1991-yil), S.Toshaliyevaning « 0 ‘zbek tilida okkazionalizmlar» nomli 
nomzodlik dissertatsiyasi (1998-yil) kabilami ko'rsatish mumkin.
Funksional stil turlari quyidagilar:
1) so‘zlashuv stili;
2) rasmiy stil;
3) ilmiy stil;
4) publitsistik stil;
5) badiiy stil.

Yüklə 35,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə