Ўзбекистон республикаси


Salomatlik haqida ilmiy -pshbbiy yondashuvga



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə11/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Salomatlik haqida ilmiy -pshbbiy yondashuvga
asoslangan qarashning umumiy tavsiflari
*Biotibbiyot nuqtai nazaridan salomatlik biologik borliq xususiyati.
*Mexanik yondashuvga ko'ra, organizm barcha kismlari o'zaro bog'langan mexanizm, lekin ularni bir-biridan ajratish va har biri bilan alohida muomala qilish mumkin.
*Reduksionistik yondashuvga ko'ra. salomatlikka barcha tarkibiy kismlari o'ziga taallukdi funksiyalarni bajaruvchi «mashina» dek real borliq sifatida karaladi. Kasallik kismlar yoki tuzilmalardan birida aniqlanishi mumkin bo'lgan defekt (nuqson) yoki funksiyaning noto'g'ri bajarilishi bilan barobar. Pirovardida, salomatlik va kasallik tushunchalari yanada mayda tuzilmalargacha torayadi.
*Obyektiv yondashuv: bemorlardagi kasallik simptomlar tajribasi ekspertlar tomonidan obyektiv ko'rsatkichlar bilan hakiqatga mosligi tasdiklanishi lozim.
*Kasallanish bor bo'lsa, salomatlik yo'qotilgan hisoblanadi.
*Kasallikni maxsus omillar chaqiradi, ya'ni ichki fiziologik jarayonlar (boshkaruv tizimlarining degeneratsiyasi yoki ishdan chiqishi) yoki patogen mikroblar invaziyasi kabi organizm fiziologik funksiyalarini buzuvchi tashqi omillar.
*Tibbiy davolashning maqsadi organizm o'z funksiyalarini me'yorida amalga oshirishini tiklash yoki organizmning shikastlangan qismi yoki tuzilmasini sog'lom holga keltirishdan iborat. Buyday davolash, odatda, qarama-qarshiliklar (allopatiYAlar) sistemasiga asoslanadi. Agar organizmda kandaydir buzilishlar ketayotgan bo'lsa, davolash kasallik ko'zg'atuvchisini qarama-qarshi kuch yordamida yengishga tayanadi. Masalan, agar organizmda o'sma rivojlanayotgan bo'lsa, u bilan radioterapiya yoki ximioterapiya yordamida kurashish kerak.
Infeksiya bo'lsa, qo'zg'atuvchi bilan kurashish uchun antimikrob preperatlar tavsiya qilish lozim bo'ladi.
*Shunday qilib, salomatlik «me'yorlik» bilan uyg'unlashib ketadi va mazmunan axloqiy yondosh ahamiyatga ega. ya'ni sog'lom bo'lish - demak, me'yorda bo'lish, me'yorda bo'lish - demak, «yaxshi» ekanlik, kasal bo'lish yoki «kasallikka chalinish» esa biz kandaydir darajada «yomon» ekanligimizni bildiradi.




Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə