Ўзбекистон республикаси


Salomatlikka zararli ta'sir etuvchi jismoniy muxit



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə19/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Salomatlikka zararli ta'sir etuvchi jismoniy muxit
Salomatlik va jismoniy muhit o'rtasidagi aloqa murakkab. Atrofimizdagi muhit salomatligimizni mustax,kamlashi lozim ekan, demak salomatligimizni himoya kiladigan va ,unga ijobiy ta'sir etadigan muhit yaratishimiz zarur.
Tibbiy metaforaga ko'ra, insonlar bilan atrof-muhit o'rtasidagi ramziy aloqa patogen shaklga aylangan. Bu idustrializatsiya taraqqiyoti bilan bog'liq va bizning Yer resurs-lari hamda atrof-muhitni qanday «ishlatganimizni» bildiradi.
Jismoniy muhitning salomatlik uchun hozirgi vaqtda juda xavfli ekanligi - inson borliqni ongli tushunishining ajralmas kismidir. Bu xavf global miqyosda ham, mahalliy miqyosda ham mavjud.
Biz tabiiy muhitda ham, o'zimiz yaratgan muhit (masalan, uy sharoiti, ish joyi sharoiti) da ham salomatligimiz uchun xavfli omillar ta'siridamiz. Ko'pchilik ishlab chiqarishdagi toksinlar yoki zararli jarayonlar bilan bevosita muloqot muhitidadir. Salomatlik uchun kulay muhitga erishish ko'pincha insonning o'ziga bog'liq emas.
Ko'pincha kambag'al hayot kechirayotgan kishilar noqulay turmush sharoitlari, aholining zichligi, suv ta'minotning yetishmasligi va talabga nomuvofiq sanitariya holatlari kabi salomatlik uchun atrof-muhitning zararli ta'sirlariga duch keladilar. Mablag' masalalari ustunligi sababli salomatlikni himoya qilishdagi tengsizlik kambag'al kishilar uchun yanada seziladi.


Salomatlikni tushunishimizga jismoniy muhitning
salbiy ta'sir etuvchi ba'zi omillari
* Jarohat - masalan, inson aybi bilan ruhiy zo'riqishga olib keladigan ofat va falokatlar.
* Atmosfera havosining ifloslanishi, masalan, qo'rg'oshin bilan, asosan eritib olish va qayta ishlash zavodlari kabi sanoat markazlari atrofidagi hududlar; uy allergenlari va tamaki tutuni.
* Shovqin ta'siri, masalan, sanoat korxonalari, transport tizimi va ko'cha harakati shovqinlari.
* Ichimlik suv ta'minoti, sanitariya, chikindilarni yo'qotish talablarga javob bermasligi.
* Oziq mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik ifloslanishi.
* Sanoat qayta ishlovi zaharli chiqindilarining ta'siri.
* Ionlovchi radiatsiya ta'siri, masalan, uran tutuvchi tog' jinslari rodoni, ishlab chiqarishdagi zararli omillar, yadro falokatlari va yadro qurolini sinash.
* Quyosh, sun'iy yoritish manbalari, shuningdek, tabiiy va sun'iy elektromagnit maydonlariniig noion radiatsiyasi.
* Potensial kanserogen ximikatlar ta'siri, masalan, pestitsidlar, organik yokilg'ining chala yonishi.
* Aholi zich va qoniqarsiz turmush sharoitlari tarzida yaratilgan atrof-muhiti.
* Xavfsiz va ko'ngilli dam olish uchun yetarli vositalarning bo'lmasligi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə