Ўзбекистон республикаси


Salomatlikka nojo'ya ta'sir etuvchi siyosiy omillar



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə17/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Salomatlikka nojo'ya ta'sir etuvchi siyosiy omillar
Siyosiy-mafkuraviy sharoitlar salomatlik masalalaridagi tajribamizga kuchli ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi. Siyosat hayotimizning barcha ijtimoiy, . iktisodiy va madaniy jarayonlarini sezilarli darajada aniqlab beradi. Siyosat va mafkura ijtimoiy-iqtisodiy muhitga shakl beradi, uning rivojlanishini quvvatlaydi. Shuningdek, atrof-muhit jismoniy holatining rivojlanishini ham belgilanadi. Sog'liqni saqlash xizmati siyosat bilan bog'liq. Barcha siyosiy mafkura doiralarida bu muvmmo muayyan ahamiyatga ega. Sog'liqni saqlash xizmatining siyosiy tabiati manbalar turi va miqdoriga ta'sir etadi va jamiyatning alohida tabaqalari salomatligini qo'llaydi. Sog'likni saqlash xizmati mafkura doirasida zarur hisoblangan boshka kiymatlar va yutuqlarga nisbatan yengadi yoki yengiladi.
Mamlakatlar doirasida ham, xalqaro darajada ham ijtimoiy va sog'liqni saqlash masalalaridagi adolatsizlik kapitalizm natijasidir. Butun jahonda sanoati rivojlangan (20%) mamlakatlar dunyo resurslarining 80%ini egallaydi. Boylar va kambag'allar o'rtasidagi moddiy farq salomatlik masalalaridagi tengsizlikni aniqlovchi asosiy omildir, chunki u kishilarning salomatlik uchun uy-joy, ozik-ovqat va maorif kabi zarur manbalarga yetishishini ifodalaydi. Shu ma'noda salomatlik qadri boyish bilan bog'lik, sog'lik kishining moliyaviy imkoniyatiga kelib taqaladi. Agar mamlakatlar, hatto, barcha uchun barobar asosiy tibbiy xizmatlar majmuas.ini ishlab chika olganda ham, pirovardvda bu bilan moddiy imkoniyatga ega kishilargagina me'yoriy tibbiy yordam kafil etilardi.
Jamiyat manfaati ustun mafkuralarda salomatlik qadri yuqorirok. Salomatlik - millat iqtisodiy rivojlanishining zarur sharti va shu sababli ayrim kishilar emas, balki millat manfaati nazarda tutiladi. Bundan shu kelib chiqadiki, salomatlik uchun davlat ma'suldir. Ammo jamiyat manfaati ustun sotsialistik mamlakatlarda ham sog'liqni saklash xizmati mafkura doirasida salomatlikka nisbatan birlamchi hisoblangan iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish uchun «kurbonlik qilishi»ga to'g'ri kelmokda. Polshalik bir muallifning yozishicha:
«... sog'liqni saqlash sohasida siyosatning ongli sinfiy xarakterga egaligiga saramay, Polsha ichki ishlab chitsarishidagi ishchshar sinfi salomatligi boshsa ijtimoiy sinfdagilarnikiga nisbatan yomonligicha qolmoqda.»
Har qanday iqtisodiy o'sishga intilgan jamiyat mahalliy, milliy va xalkaro darajadagi muayyan imkoniyatlarga «ega» va «ega bo'lmagan» kishilar o'rtasidagi salomatlik masalalarining tengsizligini ham qo'llaydi, ham oshiradi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə