Ўзбекистон республикаси


Turmush tarzi - oddiy mavjudlikdan yuqorirok narsaginami?



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə13/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Turmush tarzi - oddiy mavjudlikdan yuqorirok narsaginami?
Salomatlikning pozitiv konsepsiyasini ko'rib chiqish uchun avval turmush tarzi bizning tushunchamizda nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Turmush tarzi turg'un narsa emas. U doimo ijtimoiy darajada va kishilarning o'zaro muloqoti asnosida o'zgarib turadi va oddiy mavjudlikdan yuqoriroq narsadan iborat. Turmush tarzi hayotimizning o'sishi va turli tarkibiy - ijtimoiy, iktisodiy, ruhiy, emotsional va axlokiy, jismoniy va intellektual o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. U o'zaro va bizni o'rab turgan olam bilan ta'sirda. Hayot - tug'ilishdan yetuklik, karilik va o'limgacha bo'lgan biologik yo'lga nisbatan ko'prok ma'noga ega. U turmushning bir bosqichidan keyingisiga o'tish bilan rohatlanish huquqi va erkinligini o'z ichiga oladi. U o'tmish, hozir va kelajakdan iborat. U alohida kishilar va guruhlar tajribasi, ularning o'zaro, atrof-muhit va bo'lg'usi avlodlar bilan munosabatidan iborat. Ko'pgina qarashlarga ko'ra, tana o'limi bilan hayot tugamaydi, balki boshkd dunyoga sayohat boshlanadi va bu hayotda kilgan ishlarimiz o'sha keyingi hayotda hisob qilinar ekan. Boshqa odamlar uchun ota-onalik va bobokalonlik tajribasi shaxsiy va jismoniy hayot tajribasidan yuqori turgan avlodlar uzluksiz aloqasidan iborat bo'lishi mumkin.
Sog'lom bo'lishimiz uchun nimalar kerak?
To'laqonli hayot kechirish uchun inson ehtiyojlari kuyidagilarni o'z ichiga oladi:
- O'zgalar hayoti bilan yashay bilish hamda boshqalar va atrofdagi ahvol bilan hisoblashishda o'ziga ishonch va qobiliyatni his etish uchun boshqa kishilarning qo'llashi.
- Olamda o'z o'rnini his qilishning o'z-o'ziga hurmat va boshqalar oldidagi ma'suliyatni o'zida tutgan tarakkiy etish imkoniyatlari.
- Ko'nikmalar va imkoniyatlar. Salomatlik yashash uchun bosh imkoniyat - alohida kishi, jamoa va butun jamiyat uchun imkoniyat.
Albatta, bu - ideal variant. Real hayotda bunday bo'lmaydi va ko'pchilik kishilar sog'lom turmush tarzidan tashqarida bo'ladilar. Barcha uchun Salomatlikka erishish vazifasi markazida salomatlik masalalarida imkoniyatlarning to'g'riroq taqsimlanishini amalga oshirish turadi. Salomatlikka yetishish uchun zarur yordamga erishish ma'qulrok bo'ladi, ba'zan «omad kelib» ega bo'lingan nimadir emas, yoki unga ega bo'lish moddiy imkoniyatlari bor kishilar yeta oladigan buyum emas. BSST 2 jadvalda keltirilgan salomatlikka nisbatan dastlabki zarur shartlarni aniqlab beradi.


2-jadval. Salomatlik yo'nalishlari.




Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə