Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə22/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Ionlovchi radiatsiya
Bir necha o'n yilliklar mobaynida salomatlikka ionlovchi radiatsiyaning ta'siri jamoat xavotiriga asoye bo'lmokda. Uran tutuvchi tog' jinslari rodoni, professional nurlanish, yadro falokatlari yoki yadro qurolini sinash kabilar e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan o'ta zararli omillardir.


Noion radiatsiya
Noion radiatsiyaning asosiy manbalari quyoshning ultrabinafsha nurlari (UBN), sun'iy yoritish manbalari, shuningdek, tabiiy va sun'iy elektromagnit maydonlaridir. Quyosh UBN bilan teri raki o'rtasidagi bog'liqlik anik bo'lsa-da, rak paydo bo'lishida UBN ustunligi darajasini baholash qiyin. Teri rakining tarkalgan shakllari bilan kasallanish yiliga 2-3% ga oshmokda. Yomon sifatli melanoma rakning kam uchraydigan shakli bo'lishiga qaramay, unda-o'lim hollari yuqori (30-50%). Oxirgi o'n yilliklarda melanoma sezilarli ko'paydi (masalan, Angliyada 1980 va 1986 yillar oralig'ida 50% gacha). Quyosh UBN ning zararli komponentlarini tutib qoluvchi stratosfera ozon qatlamining xlorflyuorouglevodlar va shu kabi agentlar ta'sirvda yupqalashishi teri raki sonining bunday oshishiga sabab bo'lishi mumkinligi sarosima uyg'otmovda. Ammo hozirgi vaqtda asosiy xavf o'z ixtiyori bilan ortiqcha darajada UBN qabul kilinayotganligidadir. Zararli omillarga qarshi axloqni tuzatish yo'li bilan ham sezilarli ta'sir kilish mumkin.


1.4. HAMSHIRALIK JARAYONI BOSQICHLARI VA MONITORINGI
Tibbiy hamshiralarning yaralarni bog'lash, dorilar tarqatish, cho'miltirish, ovqatlantirish va yurishga yordam berysh kabi muolajalarni bajarib, byomor parvarish qilishlaridan faxrlanishlar odatiy hol bo'lib qolgan. Lekin bu muolajalar asosan vrach tomonidan tavsiya etiladi. Endilikda tibbiy yordam ko'rsatish tizimi o'zgardi, shu bilan birga tibbiy hamshiralar ham o'zgardilar. Hozirgi paytda tibbiy hamshiralar xususiy muassasalarda va davlat muassasalarida sog'lom hamda bemor mijozlar bilan ishlamoqdalar. Hamshiralar tibbiy yordam ko'rsatishdan tashqari koordinator, o'kituvchi, maslahatchi, advokat tekshiruvchi vazifatarini ham bajarmoqdalar. Amaliyot murakkablashishi bilan hamshiralar o'z ishi natijasini tushunish va yaxshilash uchun hamshiralik jarayonini tadqiq eta boshladilar.
1955 yilda Xoll tomonidan hamshiralik jarayoni atamasi ishlatila boshlashi bilan ko'pgina tibbiy hamshiralar «hamshiralik ishi» nimani anglatishi va bunda nimalar hamshiralar muvaffakiyatiga imkon bo'la olishini aniqlashga kirishdilar. 60-yillar nazariyachilari hamshiralik. sog'liqni saqlash mutaxassisliklari orasida alohida o'ringa ega ekanligini ta'kidlay boshladilar. Shuningdek, hamshiralik amaliyoti jarayoniga maxsus qadamlar yozdilar. Yura va Walsh larning hamshiralik bo'yicha to'rtta qadam - ma'lumotlar to'plash, rejalash, davolash va baholashlari yoritilgan birinchi kitobi 1967 yilda chikdi. Bunda hamshira tashxisi elementi ma'lumotlar to'plash bosqichining mantiqiy yakuni deb qaralgan. Shu bilan bir vaqtda Gebbie va Lavin lar (1974) hamshira tashxisini jarayonning alohida qadami deb hisobladilar. Bu va boshqa izlanishlar bugungi kunda ma'lulyutlar to'plash, tashxis, rejalash, amalga oshirish va baholash kaby besh bosqichli xamshiralik jarayonining ishlab chiqilishiga olib keldi. Hamshiralik jarayoni bosqichlari 1973 yilda Amerika tibbiy hamshiralari uyushmasi Kongressi hamshiralik jarayoni ijro etilishidagi rahbarlik uchun hamshiralik amaliyoti standartlarini ishlashi vaqtida qonunlashtirildi. Bu standartlar 1991 yilda kayta ko'rib chiqildi. Sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at tibbiy yordam ko'rsatish jarayoni hamshiralik jarayoniga mos hujjatlashtirilishini talab qilayotgan bo'lsa, Milliy hamshiralik ligasi ta'lim dasturlariga hamshiralik jarayoni tatbiq etilishini yuklamokda. 1982 yidsa professional hamshiralik amaliyoti bo'yicha davlat nazorat hay'ati kayta ko'rib chiqildi. Qayta ko'rilgan nazoratlar bemorlardan ma'lumotlar to'plash, hamshiralik tashhisi qo'yish, hamshiralik parvarishini rejalash. amalga oshirish va baholash amaliy ko'nikmalarini tekshirish tartibida tuzilgan.
Hamshiralik tashxisi atamasi adabiyotlarda birinchi marta 50-yillarda paydo bo'ldi. 1976 yilda Aspinal hamshira tashxisini hashiralik jarayonidagi «zaif bo'g'in» sifatida ta'rif etdi. 1966 yilda Hammond hamshiralar axborot izlashda sinchkov va nazariy bilimlarning mustahkam asosiga ega bo'lishlari lozimligi, anamnez yig'ish va aniq tashxis qo'yish shunga bog'liqligini e'tirof etgan. Hamshiralik jarayonining integral komponenti bo'lgan hamshiralik tashxisi evolyutsnyasidagi asosiy elementlar quyidagilar hisoblanadi:
• 1972 yilda hamshiralik amaliyoti bo'yicha Nyu-York Davlat aktlari tashxis professional hamshiralik qonuniy doirasining bir qismi ekanligini belgiladilar. Keyinchalik ko'plab shtatlarda hukuk va burch shu tarzda qayta ko'rildi.
• 1973 yilda Amerika tibbiy hamshiralari uyushmasi Am.aliyot yetandartlariga professional hamshiralik funksiyasi sifatida diagnostikani kiritdi. 1973 yilda, Gebbie va Lavin (Shim. Luis universiteti) tibbiy hamshiralar kompetensiyasiga kirgan kasalliklarni aniklash, standartlash va tasniflash milliy tadbirlari boshlanishi hisoblangan hamshiralik tashxisini tasniflash bo'yicha Birinchi milliy konferensishsl chakirdilar. Konferensiya ikki yilda bir o'tkazilib, hamshiralik tashxisining bayoni, tasnifi va tavsifi bo'yicha ijobiy siljishlarga erishildi.
Keyinchalik Hamshiralik tashxisi bo'yicha Amerika uyushmasi deb nom olgan Milliy guruh 1973 yildagi birinchi majlisida o'z oldiga kuyidagi masalalarni qo'ydi:
• Axborot yig'ish va uni hisob palatalari orqali tarkatish.
• Hamshiralik tashxisi yo'lga qo'yilishini yengillashtirish uchun regional va davlat darajasidagi ta'lim tadbirlarini ko'llash. Bu tadbirlar tarkibiga qo'shimcha diagnostik nomlarni aniqlash bo'yicha yig'ilishlar va tibbiy hamshiralarni hamshira tashxisiga o'qitish amaliy seminarlarining tashkillashtirilishi kiradi.
• Hamshiralik tashxisining qayta ishlanishi, tasniflanishi, ilmiy sinovdan o'tkazilishi davom ettirilishi tadbirlarini tashkillashtirish va qo'llash. Bu tadbirlar tashxis uchun mezonlar aniqlanishi bo'yicha milliy konferensiyalarni rejalash, joriy ilmiy tadqiqotlarni nazorat qilish va tasniflashning turli usullarini o'rganishdan iborat.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə