Ўзбекистон республикаси


HAMSHIRALIK JARAYONI TAVSIFI



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə23/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

HAMSHIRALIK JARAYONI TAVSIFI
Hamshiralik jarayoni hamshira bilan mijoz birgalikda hamshiralik parvarishiga ehtiyojni (1), davolash rejasi hamda amalga oshirilishini-(2) va natijalar bahosini (3) aniklashlari uchun lozim bo'lgan tartibli usuldir. Bu jarayon boskichlari mijoz bilan bog'liq bo'lib, besh boskichning har biri avvalgisi aniq bajarilishini talab etadi. Jarayon hamshira bilan mijozga quyidagilarni bajarishga imkon beradi:

  • Mijoz haqida tartibli ma'lumotlar to'plash (anamnez yig'ish).

  • Mijozning mustahkam (kuchli, chidamli) va zaif (kuchsiz, beriluvchan) tomonlarini to'g'ri topish (diagnostika).

  • Bemorga vazifalarni bajarishda yordam beruvchi tadbirlar va hamshira xarakatlarini belgilaydigan davolashning individual rejasini ishlab chiqish.

  • Davolash rejasini ijro etish (amalga oshirish).

  • Davolash rejasining bajarilishi effektivligini baholash (baholash).

Bu jarayonning har bir bosqichida mijoz va tibbiy hamshira partnyorlar sifatida hamkor bo'lib ishlashadi. Bunda mijozning ishtirok etish darajasiga uning salomatligi holati va resurslari ta'sir kiladi. Agar mijoz go'dak, hushsiz holdagi yoki hamkorlikka . imkonsiz kishi bo'lsa, jarayon bosqichlari mijozning oila a'zolari yoxud ko'makchi shaxslari yordamida bajariladi.
Hamshiralik jarayoiidagi birlamchi maksad har tomonlama ilmiy asoslangan tibbiy xizmatni bajarishda hamshiraning ijodiy yondashishiga yordam berishdan iborat. Maqsadga to'lik erishilishi uchun hamshira intellektual shaxslararo muomalaga va psixomotor ko'nikmalarga, bu ko'nikmalardan mijozlar bilan ishlashda kasalliklarning oldi olinishi, yaxshi tugashi, salomatlik va yo'kotilgan funksiyalar tiklanishi jarayonlari-ning tezlashishi uchun ijodiy foydalanish xohishiga ega bo'lishi kerak.
MA'LUMOTLAR TO'PLASH
Hamshiralik jarayonidagi birinchi qadam - ma'lumotlar to'plash, Mijoz ma'lumotlarini tartibli va davomli yig'ish, baqolash va xabar kilish hamshiralik ishining birlamchi vazifasidir. Ma'lumotlar to'plash bo'yicha ko'llanma mazkur muassasa hamshiralik nazariyasini aks ettiradi. Umuman, hamshiralar salomatlikni himoyalash choralari ko'rish bilan kishilar funksional faolligi yaxshilanishi yoki kasallik yoxud betoblikka duchor bo'lishi masalalari bilan shug'ullanadilar. Hamshiralik parvarishidash keyingi bosqichlar ma'lumotlarning to'likligi, aniqligi va o'rniga bog'likdir. Ma'lumotlar to'plashda hamshira quyidagilarni bajaradi:
Hamshiralik anamnezi, fizikal baholashlar, tibbiy varaqa va hamshiralik adabiyotlari ko'rigi, sog'liqni saqlash mutaxassislari va mijozning ko'makchilari bilan maslahatlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar asosini tuzadi.
• Ma'lumotlar asosiga doimiy yangiliklar kiritib turadi.
• Ma'lumotlarni baholaydi.
• Ma'lumotlar haqida xabar qiladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə