Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə64/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

1-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Oshqozon-ichak yarasi kasalligining qo'zishi tugayotganda, yara bitayotganda, shuningdek, 2-3 oy davomidagi remissiya maxalida buyuriladi.
Buyurishdan maqsad; me'da va o'n ikki barmoq ichakni avaylash, kimyoviy ta'sirlarni bartaraf etish va mexanik ta'sirlarni cheklash, bu - yaraning bitish jarayonini osonlashtiradi. Umumiy tasnifi: me'da sekretsiyasini qo'zg'atadigan moddalar cheklanadi (kuchli baliq va go'sht sho'rvalari, qo'ziqorin, qovurilgan yog'li masalliqlar, kofe, o'tkir gazaklar, qora non, o'simlik xujayrasi, spirtli ichimliklar, xom sabzavotlar). Ovqat asosan qaynatib yoki bugda pishirylgan holda beriladi. Bu parxez kaloriyalar normal, oqsillar, yog'lar va uglevodlarning nisbati normal, vitamin V va S miыdori ko'proq bo'ladi. Osh tuzi cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 100g, yog'lar 100g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal.
Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (kuniga 6 mahal) yeb turiladi, uykudan oldin sut, qaymoq yoki suyuq qahva buyuriladi.
2 - parxez. Buyuriladigan vaqti:
Sekretor yetishmovchilik bilan o'tayotgan surunkali gastrit, surunkali enterokolit, chaynov a'zolari kasalliklari, operatsiyadan va o'tkir infeksiyadan tuzalish davrida, me'da-ichak yo'lini bir qadar avaylaol kerak bo'lgan mahallarda buyuriladi. Umumiy xususiyati: me'da shirasi ajralishiga yordam beruvchi va me'da shilliq pardasiga shikast yetkazmaydigan, ekstraktiv va boshqa moddalari saqlab qolingan, fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan parxez. Dag'al biriktiruvchi to'qimali go'sht va o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar asosan maydalangan, qiymalangan xolda beriladi. Dukkakli o'simliklar - loviya, yashil no'xot kabilar cheklanadi.
Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 80-100, yog'lar 80-100 g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal. Vitamin S 100mg, boshqa vitaminlar oshirilgan miqdorda.
3-parxez. Buyuriladigan vaqti. Turli sabab oqibatida kelib chiqqan qavziyat - ich qotish holatlarida: taom sababli, ichak asab-Harakat a'zolarini sust qo'zg'atuvchanligi, ko'yunda bavosil va yorilish va h.q. holatlarida.
Umumiy tasnifi: odatdaki kundalik o'rtacha taomnoma bo'lib, unda qaymoq suyuqliklar, ayniqsa achchiq choy, kahva, o'simlik xujayrasi kam bo'lgan maxsulot va taomlar: sutli taomlar, oliy navli oq non, qandolot mahsulotlari (tortlar, pishiriqlar va hokazolar) va boshqa osongina sinadigan, tozalangan mahsulotlar cheklanadi.
O'simlik hujayrasi - kletchatkaga boy bo'lgan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar, tar-mevalar, achitilgan-sirkalangan karam va hokazolar), hamda ichak harakatini rag'batlantiruvchi ovqatni mahsulotlar tavsiya etildi. Jumladan, «Saidusmon ivitmasi» (1:1 nisbatda olinib, qaynatib, iliq xarfli suvda 8-12 oat mobaynida ivitilgan turshak va qora quritilgan olxo'ri).
Undan tashqari suvda pishirilgan qizil-lavlagi, qatiqli ichimliklar, asal va hokazolar ham buyuriladi.
4-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Gastroenterokolitlar, o'tkir enterokolitlar va kasallik qo'zigan surunkali enterokolitlar, o'tkir davrdagi dizenteriya, ichakdagi operatsiyalardan keyingi holatda. Buyurishdan maqsad: ichakni mexanik va kimyoviy jihatdan anchagina avaylash, ichak peristaltikasini va.ichakdagi bijg'ish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlarni cheklash. Umumiy xususiyati: uglevodlar va yog'lar hisobiga kalloriyasi cheklangan, oqsillari fiziologik normaning pastki chegarasi doirasida. Sut, kofe, meva sharbatlari, zirovarlar, eritilgan pishloq, o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar (karam, qizilcha, sholg'om, ismaloq, shovul, tuzlangan, dudlangan taomlar) cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar -80g, yog'lar - 70g, uglevodlar-50g. Quvvati- 2000 kkal. Vitamin S 100mg. Ovqatlanish tartibi: ovqat cheklangan miqdorda kuniga 5-6 mahal beriladi. Issiq choy, qora qahva, sho'rva, na'matak qaynatmasi 1,5 l. va boshqa suyuqliklar buyuriladi.
4-b parhyez. Buyuriladigan vaqti: Surunkali enterokolitlarning o'tkir davri boshlanayotgan mahalda, me'da kasalligi bilan o'tayotgan ichki kasallik, dizenteriyaning o'tkir holatlari o'tayotgan davrida. Buyurishdan maqsad: surunkali enterokolit bir qadar qo'zib turgan davrda bekamu ko'st ovqatlanishni ta'minlash, yallig'lanish xolati kamayishiga va me'da-ichakdagi buzilgan faoliyatlarning asliga kelishiga yordam berish. Umumiy tasnifi: fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan bu parhyezda uglevodlar va osh tuzi miqdori bir qadar cheklanadi. Oshqozon ichak shilliq pardasining mexanik, kimyoviy jihatdan ta'sirlanadigan va ichakdagi bijg'ish-chirish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlar man etiladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar -100-120g, yoglar 2100g, utlevodlar-300-350g. Quvvati - 2600 kkal. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5-6 mahal.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə