Ўзбекистон республикаси


Sanitariya ta'limoti xodimi misoli



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə61/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Sanitariya ta'limoti xodimi misoli. Misol uchun olaylik, vrach-diyetolog, lekin o'zining vazni juda og'ir (chekadi), hamshira (chekadi), oila shifokori jismoniy mashqlar bilan shug'o'llanmaydi. Shu 3 kishi bizga sog'lom hayot haqida gapirsa-yu, o'zlari shunga rioya qilmasalar, bu vaziyatda:
• Bu masala bo'yicha gaplashmaslik;
• O'z muammosini yashirish;
• O'zining muammosi haqida bemor bilan gaplashish;
• O'zining muammosi bilan faol tarzda shug'ullanayotganligini bildirish;
• Shu muammolarni yechib, bemorlarga o'rnak bo'lish kerak,
Shunday kamchiliklarga ega xodimlar bemorlar oldida obro'yi tushishiga sabab bo'ladi. Kamdan-kam tibbiy xodimlar men sog'lom tarzdagi hayot kechiraman, deb aytishi mumkin. Haqiqatda, biz professional nuqtai nazardan qaraganimizda, quyidagilarni bilishimiz kerak:
• Mijozlar sog'lom shifokordan ko'prok, maslahat oladi.
• Tibbiy xodimlarning beparvoligi bemorlarda boshqacha tasavvur paydo qiladi: bu ularda men ham chekishim, jismoniy mashqlar qilmasligim mumkin. degan fikrlarni tug'diradi.
Shuning uchun kamchiliklari bo'lgan shifokorning o'zi bemorga tushuntirib, kamchiligini ham aytib, shu bemorda ishonch hosil qilib, barcha bilimini ishga solib, davolashi kerak.
Sanitariya ishlari eng muhim ahamiyatga ega va bularning ko'pchiligini tibbiy hamshira bajaradi. Tibbiy hamshiralar aholi ichida ish olib boradilar. Shuning uchun hamshiralar qolaversa, butun millat salomatligiga ma'lum, deydi hamshiralik ishining mashhur professori va asoschisi Florens Ninchel. Shifoxonada ishlaydigan hamshiralar, profilaktik ish bizning ish doiramizga kirmaydi, deb aytishi mumkin. Lekin maslahat ham profilaktika hisoblanadi. Misol: diabet bilan og'rigan bemorga inyeksiya qilish, astma bilan og'rigan bemorga ingalatorni ishlatish - bularning barchasi profilaktikadir.
Sanitariya profilaktikasining asosiy maqsadi -bemorlarga to'g'ri bilim berish, ularni to'g'ri fikr yuritishga yo'naltirish.
Sanitariya-tushuntirish ishlarini olib borish. Sanitariya-tushuntirish ishlarida birinchi bo'lib bemor yoki mojoz bilan tanishiladi, keyin sanitariya xodimi, rejaga asosan, bemorga yordam berishga harakat qiladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə