24
g’oyasida tarixchi tarixni qanday xohlasa shunday tadqiq qilaveradi. Har bir
kishining o’z olami bo’lganiday, tarixchining ham o’z olami mavjud. U o’tmishni
qanday tushunsa shunday ifodalayveradi, degan xulosa ham bor. Biroq tarix fani
metodologiyasi fanga jiddiy yondashishni va asosli xulosalar chiqarishni taqozo
etadi. U insoniyat tarixining butun moxiyatini, sevinchu iztiroblarini, shukuxli va
sitamli dam-larini yaxlitligicha ifoda etmog’i lozim.
Hozirgi zamon Amerika tarixchisi G. Kommadjer
tarixiy bilim predmeti
haqida fikr yuritar ekan, u tadqiqot ob’ektiga idealistik nuqtai nazardan
yondashadi va fan moxiyatini quyidagicha ifoda etadi: «Tarix amalda atom,
kimyoviy vositalar singari o’zini namoyon etolmaydi. Ushbu vositalar tabiatda
mavjud. Ular inson yo’q qilguniga qadar mavjud bo’ladi. Tarix esa tabiatda
yashamaydi. Balki inson tasavvurida, xotirasida yashaydi».
Demak tarix uzluksiz va yashovchan. Inson, insoniyat mavjud ekan, uning
shajarasi davom etar ekan, tarix xotiralarda qaysidir darajada yashayveradi.
Vorisiylik, avlodlar shajarasi tarixning tadrijiyligini, davomiyligini saqlab qoladi.
Ana shu holatning o’zi tarixiy bilim manbai, tarix fani predmeti masalasiga
aniqlik kiritadi. Inson xotirasi va ajdodlar hayotini o’rganish ehtiyoji orqali yaxlit
insoniyat tarixini tadqiq etish, uni shakllangan
fan qonuniyatlari asosida
rivojlantirish muammosini kun tartibiga qo’yadi.
Darhaqiqat, tarix buyum yoki boylik ham emas. Shuningdek, hayot uchun,
yashash uchun kurashmaydi. U o’zini ximoya qilolmaydi, amaliy faoliyat
ko’rsatolmaydi. Bularning hammasi insonda mujassam. U beqiyos boylik va
ne’matlar yaratadi, kurashadi, inkor etadi, qo’llab-quvvatlaydi, munosabat
bildiradi. Natijada o’zi ham iztirob chekadi, quvonadi. Amaliy faoliyat, xatti-
harakatlar natijasini baholaydi. Asta-sekinlik bilan uning o’tayotgan har bir kuni
tarixga aylanib boraveradi. Bu albatta, individual voqelik. Bitta shaxsga bog’liq
bo’lgan jarayon. Yakka-yakka shaxslarning birligidan
tashkil topgan jamiyatda
ushbu amaliy faoliyatlar yig’indisi – kollektiv mohiyat kasb etadi va shu tarzda
jamiyat, xalq tarixi vujudga keladi. Demak, tarix fani kishilik jamiyatining
o’tmishini o’rganar ekan, u tom ma’noda insonshunoslikdir. Ana shu xulosadan
kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining predmeti – insondir.
Umuman olganda yuqorida keltirilgan iqtiboslardan ko’rinib turibdiki, ular
asosida tarixni idealistik yoki materialistik nuqgai nazardan o’rganish uchun turli
metodologiyalar tavsiya etiladi. Biroq tavsiyalar, yondashuvlar, tadqiqot usullari
qanchalik xilma-xil bo’lmasin, tarix fani predmeti insondir, insonshunoslikdir.
Voqelik inson orqali yuzaga kelar ekan, har qanday tarixiy jarayon inson fe’l-
atvorining, ma’naviy-ma’rifiy darajasining, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarining
hamda manfaatlarining in’ikosi ekan, o’tmishga inson orqali nazar tashlash, inson
mohiyatini ochish orqali tarix moxiyatini ochish ilmiy haqiqatga yaqinroq, deb
o’ylaymiz.
Tarixni
yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix predmetining
butun moxiyatini anglamoq zarur. Ana shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki,
tarixchining vazifasi tarixiy jarayonning asosiy belgilovchi hukmron
tendentsiyasini ifoda etishdir. Chunki ma’lum bir davrda yuz bergan har qanday
voqea-hodisa tagida turli-tuman bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor eta-digan
25
qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni
xohlamaydigan yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg
hamma davrda bo’lishi tabiiy. Tarixni to’g’ri belgilash, to’g’ri baholash va
to’g’ri tushunishning murakkabligi ham ana shunda.
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy
intuitsiya tushunchasi ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish
qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, mohiyatga
asoslangan jarayon
ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuyg’u, qalb ovozi emas,
balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday ta’rif va
yondashuv ko’pincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash,
tushunish va ifoda etishda yana ham ko’proq qo’l keladi va aniq xulosalar
chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali namoyon bo’ladigan
fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, o’tmish haqidagi tasavvurlar
aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan
farqli holda o’z ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat,
ong keng
miqyosli, ziddiyatli va rang-barang olam, har qanday ong tushunchalar va
tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolg’iz aql, idrok. Aqlga tayangan,
vdrok ustuvor bo’lgan onggina o’zining ma’rifiy qudratini, fikriy salohiyatini
to’la namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va
g’ayriinsoniydir. Ana shu holatdan kelib chiqib Gusserl masalaning to’rt jihatiga
alohida e’tibor beradi:
—fikrlar go’zalligi va mukammalligi;
—fikrlarning o’zaro aloqadorligi, uzviyligi va o’zaro hamkorligi;
—fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks
etgirilishi;
–mazkur fikrlar oqimini o’rganuvchi fenomenolog olimning his-
tuyg’ulari. Bu his-tuyg’ularning fikrlar oqimiga ta’sir qilishi.
Ko’rinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his-tuyg’u
aqlga
tayanadi va u asosli fikrlash, jo’yali xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Tarixni o’rganish, insoniyat o’tmishini tadqiq etishga fenomenolog yondashuv
har bir davr fenomenini, o’sha davr odamlarining o’ziga xosligini va yaxlit
qiyofasini o’rganishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana
shunday keng miqyosli, inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni
talqin etish va etarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan
oldingi anglash holati tarixni o’rganishdan oldin o’sha o’rganiladigan davr tarixi
to’g’risida birmuncha to’laroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega bo’lish,
ma’lum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va
tushuntirish imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega.
Bu bevosita tarixiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining o’ziga xos oqimi sifatida
o’zining yangidan-yangi imkoniyatlarini ko’rsatmoqtsa.
Dostları ilə paylaş: