Ziyonet doc


«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa 
Ko’hna Sharq juda katta tarixiy-madaniy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, 
insoniyat tafakkur olami tadrijiy rivojini rag’batlantiruvchi, ruhlantiruvchi, 
boyitib boruvchi omillariga asos solgan muqaddas makon. Zotan, ana shu 
tabarruk zaminda ilk odamlar ibtidoiy tasavvurlarining shakllanishi, ularning 
hayot va yashashga intilish tuyg’ularining rivojlanishi, olamni idrok etish va 
tasavvur qilishning dastlabki mo’’jizaviy holatlari yuzaga kelgan. 
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda 
yuzaga kelgan katta siljishlar, g’oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar 
orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana 
shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha 
oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keddiki, 
bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida 
alohida voqea sifatida ijtimoiy-tarixiy rol o’ynadi. 
Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan «Avesto» 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy 
voqelikka aylandi. «Avesto»ning ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatidagi qadriyati faqat 
shugina emas. Balki u butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur 
va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi 
va moxiyati bilan bog’liq bo’lgan g’oyat insonparvar g’oya sifatida yuzaga 
keldi. 
«Avesto»dagi ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan, g’oyat insonparvar qarashlar 
nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar, 
hasharotlar, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali 
inson ma’naviy-axloqiy me’yorlarini ilk bor ishlab chiqdi. Inson faoliyati, xatti- 
harakatlari va munosabatlarining qonuniyatlarini dastlabki ko’rinishlarda, ammo 
qiymatini yo’qotmaydigan darajada yuzaga keltirdi. Xuddi ana shu 
umuminsoniy, dunyoviy g’oyalar orqali «Avesto»ning tarixiy hodisa sifatidagi 
mohiyati belgilanadi. 
Ko’pdan-ko’p qirg’in-barot urushlar, mahv etishlar, vayronagarliklarni 
ko’p ko’rgan Turonda «Avesto» tinchlik va hamkorlik, do’stlik va o’zaro hurmat 
orqali inson va insoniyat tub mohiyatini yuksak darajada targ’ib qilish bilan birga 
ana shu jangu jadallarning qurboniga ham aylandi. Uning dunyoga kelishi, 
yaratilishi va jamiyatda tutgan mavqei atrofidagi munozaralar ham turli davrlarda 
turlicha shaklga kirdi. Bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar o’rtaga tashlandi. 
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» va uning ayanchli takdiri haqida gapirar ekan: 
«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qora mol terisiga tillo 


47 
bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda 
xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha 
vaqgdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto 30 «nask» edi, 
majusiylar qo’lida 12 nask chamasi qoddi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar 
deganimizdek, nask Abisto bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir», – degan 
edi. 
Albatta, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishi nafaqat 
«Avesto»ning boshiga solgan kulfat bilan, balki butun Sharq tsivilizatsiyasini 
izdan chiqarib, bu erda yashovchi xalqlar madaniyati, ma’rifati, ijtimoiy hayot 
darajasi va kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta zarba bergani bilan izohlanadi. Bu 
tarixiy jarayon sifatida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining bosqinchilar tomonidan 
barbod etilganligi singari ko’pdan-ko’p va ayni paytda g’oyat iztirobli voqelikdir. 
«Avesto»ning yaratilishi va uning buyuk qadriyati haqidagi ma’lumotlar 
ko’p. Jumladan, muarrix Balxiyning «Forsnoma» kitobida «Avesto» 12 ming 
oshlangan mol terisiga bitilgan hikmatlar kitobi ekanligi qayd etiladi. Abu Ali 
Muhammad bin Muhammad Bal’amiyning «Tarixi Bal’amiy» kitobida esa 
«Avesto» shoh Gushtasb farmoni bilan 12 ming mol terisiga podshoh mirzolari 
tomonidan tillo suvida yozilgani haqidagi fikrlar bayon etilgan. 
VII–VIII asrlarda O’rta Osiyoga arablarning bostirib kelishi juda ko’p 
madaniy-tarixiy yodgorliklarning yo’qolishiga sabab bo’ldi. Jumladan, 
«Avesto»ning mavjud nusxalari ham ana shunday fojialardan, mislsiz jaholatdan 
chetda qolmadi. 
Abu Rayhon Beruniyning xulosalariga ko’ra «Qutayba Xorazm xatini 
yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini 
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. 
Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib 
bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi... Keyin Qutayba Ibn Muslim al-Boxiliy 
Xorazm-liklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va 
daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qoldi. O’z ehtiyojlarida yodlash 
quvvatiga suyanadigan bo’ddilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli 
narsalarni unutib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar». 
Ana shu tarzda O’rta Osiyo, jumladan, Xorazm jaholat, bid’at va xurofot 
hukmron bo’lgan makonga aylantirildi. Mislsiz madaniyat, adabiyot, san’at, 
falsafa va tafakkur taraqqiyotiga chek qo’yildi. Tobora shakllanib borayotgan 
hayot, olam, jamiyat va uning mohiyati haqidagi tasavvurlar o’rnida fikrlamay 
yashashga mahkum etilgan jamiyat yuzaga keldi. Biroq, har qanday zo’ravonlik, 
xurofot o’z kuchini ko’rsatmasin, xotira quvvati, qalb hofizasi yuksak bo’lgan 
ushbu makon odamlari xotirasida «Avesto»ning insonparvar g’oyalari saqlanib 
qoldi. 
«Avesto» ta’limotining zardushtiylik g’oyalari dunyoning qator 
mamlakatlarida turli mutaxassislar tomonidan tadqiq etildi va zardushtiylik 
dinining kishilik jamiyatini takomillashtirish, inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi 
va izchil taraqqiyoti, inson va tabiat o’rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni 
o’zida mujassam etgan islohchilik jihatlari ilmiy-nazariy tomondan ancha chuqur 
o’rganildi va e’tirof etildi. Jumladan, V. A. Livpdning xulosalariga ko’ra «Ruhoniy 


48 
Zardusht eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatvda maydonga 
chiqadi, uning yashagan payti, vatani va qaerlarda o’z ta’limotini targ’ib 
qilgani munozarali bo’lsa-da, uning afsonaviy shaxs emas, real inson 
bo’lganligiga shubxa yo’q»
1

«Avesto» g’oyalarida inson va tabiat, hayot va uning mohiyati atrofidagi ilk 
tasavvurlar ilgari suriladi va bu g’oyalar insoniyat tsivilizatsiyasining ilk 
kurtaklari sifatida o’zini namoyon etadi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot shundan 
dalolat beradiki, insoniyat tafakkuri va tasavvuri evolyutsion taraqqiyotining ilk 
bosqichlari bevosita «Avesto»ga borib taqaladi va undan etarli darajada quvvat 
oladi. 
Bundan uch ming yil burungi odamlar tasavvuridagi ilk o’zgarishlar 
bevosita «Avesto» orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan, 
«Avesto» turli qabilalar, guruxlar o’rtasida mavjud bo’lgan ko’pxudolilikka nuqta 
qo’yib, yakkaxudolik g’oyasini ilgari surdi. Bu bevosita diniy ta’limotda inson 
qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, er yuzining qaysi 
hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning 
asraguvchisidir, degan g’oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali «Avesto» turli 
qabila va urug’larni yagona e’tiqod, yagona maslak va yagona g’oya orqali 
birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da’vat etdi. 
Ikkinchidan, Allohning yagonaligi – yakkaxudolik orqali turli qabila va 
urug’lar o’rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda manfaatlar to’qnashuviga 
chek qo’yib, umumiy maqsadlar, umumiy g’oyalar, yagona e’tiqod atrofida 
birlashishga olib keldi. Natijada kishilik jamiyatining ilk shakllanish bosqichiga 
asos solib, ilk boshqaruv tizimining vujudga kelishiga, ilk davlatchilik 
boshqaruvining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. 
Uchinchidan, odamlarni ezgulikka, yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy 
manba bo’lib dunyoga keldi: «Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’radi: 
– Ey, Ahura Mazda! 
Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi zot kim? Ahura Mazda javob 
berdi:
– 
Ey, Zardusht! 
Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!.. 
Ey, Zardusht! 
Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi...» 
Ana shu tarzda «Avesto» tuproqqa munosabat, zaminga mehr-muhabbat 
orqali insonni ezgulikka da’vat etadi, bunyodkorlik, yaratuvchilikka chaqiradi va 
to’kinlik, farovonlik, rizqu ro’z haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shu bilan birga el 
dasturxoniga baraka kirituvchi g’alla etishtirishni yuksak qadriyat darajasiga 
ko’taradiki, uning mohiyatida mehnat va rohat, yaxshilik va ezgulik, farovonlik 
va to’kin-sochinlik tuyg’ulari yotadi. 
Zardushtiylik dini insoniyat tarixida yuzaga kelgan barcha dinlarning eng 
qadimiysi, eng ko’hnasi va ayni paytda insoniyat taraqqiyotiga ilk 
rag’batlantiruvchi, da’vat etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-axloqiy qudrat bo’lib 
dunyoga keldi. Sharqning juda katta hududidagi xalqlar ayni ana shu «Avesto» 


49 
g’oyalari orqali o’z turmush tarziga axloq va ma’naviyatning, komillik va 
etuklikning o’ziga xos me’yorlarini qabul qildilar va turmush tarziga aylantirdilar. 
Olov, suv zardushtiylik ta’limotida eng muqaddas va pokizalik timsoli. Uni 
ifloslashtirishga, bulg’ashga intilishlar g’ayriinsoniy va g’ayriilohiy voqelik 
sifatida talqin etilgan. «Pokiza suv va yonib turgan olov qarshisida gustoxlik 
qilgan zotning do’zaxda tortguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan 
mudhishdir...» Ana shu tarzda suv va olov ruh pokizaligi, tuyg’u musaffoligi, qalb 
go’zalligi va e’tiqodu umidlarning bezavolligi darajasiga ko’tariladi. Natijada 
kishilik jamiyati ma’naviy qiyofasi, odamlarning ichki dunyosi, fikr-o’ylari va 
amaliy xatti-harakatlarining madaniylashishiga olib keladigan qudratli mafkuraga 
aylandi. Inson, jamiyat va hayot jarayonining mislsiz ravnaqiga asos bo’lib 
xizmat qildi. 
«Avesto» ana shu tarzda odamlarni ezgulikka da’vat etuvchi, yaxshilikni 
himoya qiluvchi, yovuzlik va jaholatdan uzoqlashishga chaqiruvchi g’oyalarni 
ilgari surdi: 
«Zardusht Ahura Mazdadan so’radi: 

Butun vujudi ilohiy kalom – mansaralar bilan qurollangan qudratli 
iloh Surushning Sravashavarizi kim? 
Ahura Mazda javob berdi: 

Ey, Ashavan Zardusht! 
U Pravdarsh qushidir (xo’roz)... Bu qush bomdod mahali erta tongda 
shunday deb bong uradi: 

Ey insonlar! 
Oyoqqa qalqing! Devlarni itqitib tashlaguvchi eng go’zal Asha – haqiqatni 
vasf aylang!..» 
Bir necha ming yillarki, insoniyat tongni xo’roz qichqirig’i bilan kutib 
oladi. Bomdod paytida xo’rozning qichqirig’i uyqudagi odam yuragiga qaysidir 
holatda sirli, sinoatli tuyg’ularni junbushga keltiradi. O’sha qichqiriq orqali hayot 
mavjudligini, hayot davom etayotganligini, inson ezgulik, yaxshilik va muhabbat 
bilan yangi kun ton-gida yangi quvvat va tuyg’ular bilan qadam tashlashi 
zarurligini eslatganday bo’ladi. Bu o’ziga xos ruhiy holat kishini ezgulikka da’vat 
etishi tabiiy. Ana shu tarzda «Aves-to» insonning eng nozik hislariga ta’sir etadi, 
uni uyg’otadi, yaxshilikka boshlaydi. Zardushtiylik ta’limotining mo’’jizaviy 
qudrati va ijtimoiy-tarixiy mohiyati ana shunda ko’zga yaqqol tashlanadi. 
«Haqiqat – oliy sharofatdir», deyiladi «Avesto»da. Zotan, haqiqat buyuk 
mo’jiza. U asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi, inson qadru 
qimmatining mislsiz o’lchovi bo’lib keldi. Odamlar har daqiqada haqiqatga 
intiladilar, undan najot izlaydilar, Ayni haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan 
buyuk qudrat. Ana shu qudrat «Avesto»da o’zining butun mohiyati bilan o’z 
ifodasini topgan. 
«Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal ila ezgu fikrat, ezgu 
kalom, ezgu amalni. Jami ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, 
jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman». Bunday 
mo’’jizakor da’vat – insonning ming bir hujayrasini, tizginsiz va chegarasiz 
xayolotini, orzu-maqsadlarini junbushga keltiradigan ruhiy holat, axloqiy da’vat, 


50 
ma’naviy chaqiriq har qanday bag’ritosh insonning qalbini yumshatadi. Unda 
mehr-shafqat, yaxshilik xislarini uyg’otadi. Oqibatda ezgu fikrat, ezgu kalom, 
ezgu amal – xatti-harakat, munosabatlar, pokiza xayolot va yaxshiliklar bilan 
yashash umidi odamni chulg’ab oladi. Inson o’zining hayotini, umrini mana shu 
ezguliklarga baxshida etib, jamiki yovuz fikrat – yovuz xayolot, yovuz niyat, 
yovuz kalom – yovuz so’z, munosabatlar, yovuz amal – yovuz xatti-harakatlar va 
fe’l-atvorlardan yuz burib, komillikka intiladi. Bu insonning ichki go’zalligi, 
botiniy kamoloti va zoxiriy amaliyoti jamuljami – yaxlit qiyofasining benuqson 
suvrati emasmi? Ulug’ faylasuf Forobiyning «Inson mohiyati aqlda, aqlning 
moxiyati xatti-harakatda bilinadi», degan xikmatining mazmuni undan ikki ming 
yil burun dunyoga kelgan va bugun ham o’z qiymatini yo’qotmagan «Avesto»dagi 
ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal tushuncha-laridan kelib chiqmaydimi? Bu uch 
unsurning yaxlitligi, uyg’unligi ayni inson mohiyatini, uning butun borlig’ini, 
qadriyatini belgilamaydimi? 
Qariyb uch ming yil avval ko’hna Xorazmda dunyoga kelgan, bugungacha 
nafaqat qadimiy Sharq, balki bugun Er shari ahlini ezgulikka da’vat etayotgan 
mo’’jizakor hayqiriq-«Avesto»ning o’lmasligi, abadiyligi va buyuk qadriyati ana 
shunda. Zotan, millat yashar ekan, hayot davom etar ekan, ezgulik va yaratuvchilik 
abadiy. Millat qonida, xalq qalbi va tafakkurida an’analar, urf-odatlar, turmush 
tarzi qatlarida «Avesto» g’oyalari yashayveradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə