1. Fonetika va stilistikaning o‘zaro aloqalari. Fonografik uslubiy vositalar haqida ma'lumot



Yüklə 18,85 Kb.
səhifə1/2
tarix10.05.2023
ölçüsü18,85 Kb.
#109483
  1   2
1. Fonetika va stilistikaning o‘zaro aloqalari. Fonografik uslub


Fonetik uslubiyat. Fonostilistik vositalarning uslubiy vazifalari. Alliteratsiya, assonans, geminatsiyalarning matn tarkibidagi uslubiy vazifalari
Reja:
1. Fonetika va stilistikaning o‘zaro aloqalari.
2. Fonografik uslubiy vositalar haqida ma'lumot.
3. Fonografik uslubiy vositalarning badiiy nutqda qo‘llanishi.
4. Alliteratsiya, assonans, geminatsiyalarning uslubiy vazifalari.
Fonetik stilistika tovushlarning bir-biriga bog‘lanish jarayonidagi ekspressiv-stilistik imkoniyatlarini, umuman, nutq tovushlarining ta'sirchanlik vositasi bo‘lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini o‘rganadi.
Nutqda tovush va ohangdan foydalanish, ta'sirchanlikni kuchaytirish turlari xilma-xildir. Nutqni emotsional va ifodali qilishda alliteratsiya, assonans va tovush takrorlashning rang-barang ko‘rinishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Narsa va jonivorlarning tovushlariga taqlid qilish hodisasidan ham stilistikada fikrni bo‘rttirib ifodalash va unga ekspressiv tus berish uchun keng foydalaniladi.
Unli va undosh tovush­larning fonetik jihatdan uyg‘unlashib, takrorlanib kelishi nutqni ta'sirli qiladi, til faktini esda saqlab qolishni osonlashtiradi.
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e'tiborni qaratish zarur. She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She'riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli, fonografik vositalardan foydalanadilar.
Jumladan, alliteratsiya (lotinchadan al - yonida, litera - harf degan tushunchani anglatadi) - she'riy nutqda (nasrda nisbatan kamroq uchraydi) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishidir. Alliteratsiya she'rning alohida satri yoki misradagi so‘zlar guruhini fonetik jihatdan ajratadi, natijada ularning ifodaviyligi ortadi, she'rning musiqiyligi, xushohangligi kuchayadi. Masalan, “Sochilgan sochingdek sochilsa siring... (Cho‘lpon), “Qumdan qurgan qo‘rg‘onim qani... (Iqbol Mirzo). O‘zbek adabiyotida barcha misralari yoki barcha so‘zlari bir xil undosh bilan boshlangan she'rlar ham mashq qilinganki, bu ham alliteratsiyaning bir ko‘rinishidir. Ko‘hna badiiyatshunoslik(«ilmi bade'»)da alliteratsiya «tavzi' san'ati» deb yuritilgan.
Masalan: E. Vohidovning:
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlimga qasd qayrab -
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan.
Qarab qo‘ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

Yüklə 18,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə