1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/9
tarix26.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#131240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
PF-5924 24.01.2020




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;
davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;
joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar sport o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;
2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;
aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o‘tkazishni joriy etish;
sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish;
sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish;
2020-yil 1-fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;
qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;
xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish, “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish;
sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash;
sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish;
huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta’lim muassasalari, jumladan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi-talabalari uchun “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan “Sport.uz” axborot tizimi orqali sport inshootlarining telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash;
milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Konsepsiyada nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlar va asosiy yo‘nalishlar har yili O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda — respublika kalendar rejasi) sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
respublika kalendar rejasida belgilangan xarajatlar tarkibida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, sportchilarni sug‘urtalash xarajatlari nazarda tutiladi;
tasdiqlangan respublika kalendar rejasiga asosan hududiy hamda tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan har yili 1-dekabrga qadar tasdiqlanadi;
sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), sport zaxirasini shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablari oliy ta’lim muassasalari kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari biriktirilgan hududlarda, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari:
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning inshootlari infratuzilmasini rivojlantirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, tuman (shahar) budjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun yo‘naltirish;
respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarini sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o‘tkazish, aholi va yoshlar o‘rtasida bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini har chorakda muhokama etib borish;
tegishli hududda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, o‘z tasarrufida bo‘lgan yoki tegishli hududda joylashgan ochiq sport obyektlari (stadion, futbol maydoni va boshqa sport obyektlari) hamda istirohat bog‘larida (xususiy tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar bundan mustasno) aholining yugurish, yurish va badantarbiya turlari bilan bepul shug‘ullanishi uchun sharoit yaratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
vazirlik markaziy apparati tuzilmasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi negizida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini tashkil etish;
sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yig‘imni pul to‘lovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim muassasalarining sport inshootlarini, ularda rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatini olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda tadbirkorlik subyektlariga foydalanishga berish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini o‘tkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha bo‘lgan qismini budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbasi etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman va shahar bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimdagi sport maktablari va kollejlari o‘quv sinf va laboratoriya xonalari hamda yotoqxonalarini jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Milliy bank” AJ jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million yevro, shu jumladan 2020-yilda 50 million yevro miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit mablag‘larini (keyingi o‘rinlarda — kredit mablag‘lari) jalb qilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
9. Belgilab qo‘yilsinki, loyiha tashabbuskorlariga:
2020-2021-yillarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish uchun ajratiladigan tijorat banklarining summasi 10 milliard so‘mdan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun — asosiy stavkadan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga belgilangan tartibda ajratsin;
kredit mablag‘lari jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etishda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Qurilish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi, ta’lim muassasalari va boshqa obyektlarning quvvati hamda mazkur bandda ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqib, har bir sport turlari bo‘yicha barpo etiladigan sport obyektlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
10. 2020-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan respublika hududlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarning yig‘ma ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tarkibidagi sport ta’limi muassasalarining shtat birliklari doirasida sport diyetologi, sport psixologi, sport farmakologi, massajchi va seleksiya bo‘yicha trener lavozimlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida har bir sport turi bo‘yicha Bosh trener-seleksioner lavozimini joriy etish;
sport muassasalarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport ta’limi muassasasiga o‘tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lash;
sport maktablari erishgan natijalariga ko‘ra ular maqomini qayta ko‘rib chiqish va belgilash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2020-yil 1-fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 07/21/5157/0591-son)
b) “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:
g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish;
g‘olib va sovrindorlarni (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan egallagan 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining — 6 baravari, 2-o‘rin uchun — 4 baravari, 3-o‘rin uchun — 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash;
v) umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga:
tuman (shahar) bosqichi g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — ikkinchi malaka toifasini;
viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — birinchi malaka toifasini;
respublika va xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — oliy malaka toifasini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish;
g) olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3 o‘rinlar) g‘olib chiqqan oliy ta’lim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (dotsent, professor) to‘g‘ridan to‘g‘ri berish.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport maktablarining o‘quv dasturlarida o‘quv mashqlar soatini qisqartirish hisobiga ushbu maktablardagi trener-o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o‘quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
bosqichma-bosqich tuman (shahar) sport maktablaridagi bosh hisobchi lavozimlari hisobidan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida markazlashgan buxgalteriya xizmatini joriy etish hamda unga tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobini yuritishni yuklash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida, uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga qo‘shimcha 28 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yiliga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirsin hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo‘yicha trener kvalifikatsiyasini berish amaliyotini joriy etsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda hududlarda ixtisoslashtirilgan tuman (shahar), umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini sport yo‘nalishlari bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Milliy bank” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, davlat budjetidan sport sohasi uchun, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov — Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, jismoniy tarbiya va sportni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirish borasida sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan yaqindan hamkorlik qilsin, sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etsin, mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov — innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan sport zallari (boks, kurash, fitnes, gimnastika), futbol, voleybol, basketbol, badminton va tennis maydonlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini hamda ushbu sohada mavjud qurilish norma va standartlari qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlari — hududlarni ustuvor, istiqboldagi hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilsin, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq hududiy sport musobaqalarini to‘liq hajmda moliyalashtirish hamda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev — mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-yanvar,
PF-5924-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan:
2025-yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish;
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish;
davlat organlari, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda aholi o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali aholining haftalik harakat faoliyatini oshirishga erishish;
O‘zbekiston sport terma jamoalarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon, qit’a sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda “ta’lim muassasalari — sport maktabi — oliy sport” tamoyilida uzviylik tizimini hamda mashg‘ulot va iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo‘nalishlarni joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga jismoniy tarbiya va sport tizimida raqobat muhitini yaratish;
sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qo‘llash;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalari mutaxassis va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport tizimining joriy holati va mavjud muammolar
2. Respublikadagi 12 mingdan ortiq sport inshootlarida yoshlarning 30 foizi qamrab olindi. “Yoshlar haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” va “Ta’lim muassasalari haftaligi” kabi shiorlar ostida aholining keng qatlamlarini sportga jalb etishga qaratilgan sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi yaratildi.
Sportchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan respublika sportchilariga umrbod oylik to‘lovlar to‘lanishi va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilindi.
Sohada malakali va zamonaviy kadrlar tayyorlash bilan birga sportda fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash uchun bir qator yangi sport oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi.
3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport ta’limi muassasalarida zamonaviy talablar asosida mashg‘ulotlar olib borishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:
a) jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimida:
boshqaruv vertikalini amalga oshirish mexanizmi yetarlicha rivojlanmaganligi, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari vakolatlari chegaralanganligi ular rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lmoqda;
boshqaruv tizimi va sport ta’limi muassasalari rahbarlari faoliyatining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilmaganligi, ayrim rahbarlarda zarur mas’uliyat va tashabbuskorlikning yo‘qligi qo‘yilgan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
sport ta’limi muassasalariga iqtidorli bolalarni qabul qilish, shuningdek, o‘quv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda;
o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan ko‘p bo‘lgan hududlarda yagona bo‘lgan sport maktablarida sog‘lom raqobat muhiti yo‘qligi tufayli talab darajasidagi sport tayyorgarligi sifati ta’minlanmayapti;
sport muassasalari trener va xodimlarni salohiyati o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan mezonlar va talablarning aniq tavsifi bo‘yicha standartlarning yo‘qligi sport muassasalari rahbarlarini tayinlash tartibining samarasiz bo‘lishiga olib kelmoqda;
sport muassasalarini boshqarish jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullari, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmaganligi samarali boshqaruv tizimi yaratilishiga to‘sqinlik qilmoqda;
sport muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazoratining zaifligi, ba’zan esa mutlaqo mavjud emasligi haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning har xil shakllarda namoyon bo‘lishiga olib kelmoqda;
b) oliy sport yutuqlari va milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida:
sport federatsiyalari (uyushmalari) va hokimliklar tomonidan Olimpiya sport terma jamoasini shakllantirish va yuqori natijalarni ta’minlaydigan sportchilar uchun shart-sharoitlar yaratishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti;
turli darajadagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, sportchilarni saralash metodologiyasi yaratilmagan;
joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda sport musobaqalarini tashkil etish talab darajasida emas;
sportchilarning musobaqalarda muntazam qatnashmasligi ular mahoratini oshirishga va milliy terma jamoa tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
mahalliy davlat hokimiyati organlari sport ta’limi muassasalarining faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina ulardan statistik va boshqa ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda;
sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning o‘z sport bazasiga ega emasligi, mavjudlarida esa moddiy-texnika bazasi bugungi talablarga javob bermasligi oliy sport turlarini rivojlantirishiga to‘sqinlik qilmoqda;
milliy terma jamoalar sportchilarining xalqaro sport musobaqalari davridagi ishtiroki ilmiy jihatdan tahlil qilinmaydi;
sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar Bosh trenerlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligi tahlil etilmaydi;
sport ta’limi muassasalarida istiqboldagi olimpiya sport turlarining soni hududlarning xususiyatidan kelib chiqib oshirilmayapti;
Olimpiya o‘yinlari va yirik xalqaro sport musobaqalariga tizimli tayyorgarlik ko‘rish uchun rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida yagona markazlashgan Olimpiya tayyorgarlik ko‘rish markazini barpo etish zarurati mavjud;
v) sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida:
sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tibbiy xizmatdan to‘liq foydalanmasligi va tibbiy xizmatning sifati amalda ta’minlanmaganligi aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyaning mavjud imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilayotganini ko‘rsatmoqda;
musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchilarni tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko‘mak berish bo‘yicha yangi dori vositalarini yaratish, zamonaviy rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan;
sportchilarning o‘z jismoniy va ruhiy tiklanishini tezlashtiradigan, sog‘ligini ushlab turadigan farmakologik moddalardan foydalanishni bilmasligi natijasida hamda ruhiy tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan sportchilar turli xalqaro musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarga erisha olmayapti;
respublika Olimpiya terma jamoalari a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi hamda tiklanish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha kompleks laboratoriyalar mavjud emas va bu sohada ilg‘or hisoblangan davlatlardan sport psixologiyasi va diyetologiyasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish zarurati mavjudligidan darak beradi;
g) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash sohasida:
oliy ma’lumotli mutaxassislarning yetishmasligi sohada olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
jamoaviy o‘yin sport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonida imtiyozlar chegaralangan;
sport ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan 12 mingdan ortiq trenerlarning 49 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, 7 mingdan ziyod oliy ma’lumotli trenerlarga ehtiyoj mavjud;
sport ta’limi muassasalarida psixolog, diyetolog va farmakolog kabi tor mutaxassisliklar bo‘yicha shtat birliklari mavjud emas;
sport turlari, jumladan olimpiya sport turlari bo‘yicha hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi joriy etilmagan;
sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar va yirik sport tashkilotlari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida terma jamoalar bilan ishlaydigan trenerlar va boshqa mutaxassislarning saviyasi va bilimi bugungi kun talablariga javob bermaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, metodikalar va sportning ilmiy yutuqlari joriy etilmagan;
d) sport infratuzilmasi, anjomlar bilan jihozlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash sohasida:
hozirda 3 mingdan ziyod umumta’lim maktabining (32 foiz) sport zallari ta’mirtalab holatda bo‘lib, qariyb 2,5 ming maktabda (25 foiz) sport zallari mavjud emas;
ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalarining sport infratuzilmasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini joriy etishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti;
sport muassasalari bir qismining moddiy-texnika bazasi holati, ularning ortiqcha yuklamaga ega ekanligi, ayrim hollarda faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tegishli uskunalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan lozim darajada ta’minlanmaganligi ularga yuklangan vazifalar yetarlicha samarali bajarilmasligiga olib kelmoqda;
e) jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish sohasida:
respublika bo‘yicha mavjud 12 mingdan ortiq sport inshootlarining (stadion, sport zali, basseyn, manej va boshqalar) bir kunlik sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish quvvati qariyb 1,5 million kishini tashkil etib, umumiy aholining soniga nisbatan sport inshootlari bilan ta’minlanish darajasi 4,5 foizdan oshmaydi;
oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari talabalarning qariyb 50 foizini qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, amalda 21 foiz talaba-yoshlar sport tadbirlariga qatnashmoqda;
aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan avlodni jismonan kamol toptirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaratish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarlicha tashkil qilinmaganligi oqibatida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlar yetarlicha qamrab olinmayapti;
ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilmagan va bu bo‘yicha izchil tizim mavjud emas;
hududlarning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining sport inshootlari hamda kadrlar salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti;
Oldingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari va jismoniy tarbiya fanidan olimpiadalarni tashkil etish hamda shu orqali g‘olib o‘quvchilarni sport maktablariga saralab olish, seleksiya ishlari tizimli amalga oshirilmayapti;
(3-band “e” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
maktablarda o‘quvchilarni jamoaviy sport o‘yin turlariga jalb etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti;
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasiga innovatsion texnologiyalar joriy etilmayapti;
j) jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, trenerlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish sohasida:
sport muassasalari trenerlari va xodimlari faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlar va malaka talablarining aniq tavsifi yo‘qligi oqibatida sport muassasalari faoliyati samarasiz bo‘lib qolmoqda;
umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha samaradorlikka erishayotgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ularning o‘z sport turi bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish motivatsiyasi past darajada qolmoqda;
jismoniy tarbiya predmetidan fan olimpiadasi joriy qilinmaganligi ushbu fanga bo‘lgan qiziqish pasayishiga olib kelmoqda;
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari, olimpiya zaxiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga nisbatan nomutanosibligi malakali trenerlarning ishdan bo‘shab ketishiga va yoshlarni tayyorlash darajasi pasayishiga sabab bo‘lmoqda;
(3-band “j” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-talabalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini rag‘batlantirish mexanizmi joriy etilmagan;
z) jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
jismoniy tarbiya va sport muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, sport tadbirlari kalendar rejasi, sport jihozlari, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarli mablag‘ ajratilmasdan kelinmoqda;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shahar va tumanlarda kalendar reja asosida o‘tkazish uchun belgilangan musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy budjetdan mablag‘lar yetarlicha ajratilmasligi oqibatida respublika miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida viloyat jamoalari ishtiroki ta’minlanmagan.
3-bob. Jismoniy tarbiya va sport tizimining asosiy maqsadlari va rivojlanish yo‘nalishlari
4. Jismoniy tarbiya va sport tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi.
5. Jismoniy tarbiya va sport tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi:
5.1. Aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish:
milliy qadriyatlarimizni tiklash, yosh avlodga yetkazish maqsadida “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari”, “Uloq”, “Ko‘pkari” kabi etnofestivallarni tashkil etish va o‘tkazish;
“Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarofonlarini o‘tkazish, sport turizmini rivojlantirish;
tasarrufida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud bo‘lgan vazirlik, idoralar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilishi;
mavjud madaniyat va istirohat bog‘larida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shug‘ullanishi uchun “WorkOut” — mahalla (ko‘cha) fitnesi, “skandinavcha yurish”, yurish, yugurishga sharoit yaratish;
“Yoshlar haftaligi”, “Xotin qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” ommaviy jismoniy-tarbiya tadbirlarini tashkil etish;
sport ta’limi muassasalarida, ta’lim muassasalarining sport inshootlarida hamda jismoniy tarbiya, sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etishni an’anaga aylantirish;
qishloq joylarida sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslar tashkil etish;
aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini joriy qilish;
sport sinovlarini aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida musobaqa, festival tarzida tashkil etish, sportni kundalik turmush tarziga aylantirish;
mehnat jamoalarida xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi va buning uchun shart-sharoitlar yaratish masalalarini kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalariga kiritish;
katta yoshdagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
turli toifadagi aholi guruhlarining jismoniy faolligini rivojlantirish, yangi sport turlari, sport turizmi va milliy sport turlari bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan ish beruvchilarni rag‘batlantirish;
aholining turli yosh guruhlari qiziqishlarini, qobiliyatlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lig‘ini mustahkamlash, faol harakatlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda xodimlarning madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, jismoniy tarbiya ko‘nikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha hududlar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatining natijadorligini muhokama qilish amaliyotini joriy etish;
aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari hamda davlat organlari va joylarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish;
ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, shaxmat, shashka, arqon tortish, basketbol va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish;
sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan foydalanish;
aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya ommaviy-mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini ta’minlash;
xorijiy yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’limi muassasalari o‘rtasida muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalarini o‘tkazish.
5.2. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish:
jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish hamda Surdlimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
imkoniyati cheklangan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga shug‘ullanishlari uchun jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda ularni maxsus sport jihozlari bilan ta’minlash;
imkoniyati cheklangan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari, dasturlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan shaxslarga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun bo‘linmalar va maxsus guruhlarni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
(5.2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash;
imkoniyati cheklangan shaxslarni sport-sog‘lomlashtirish turizmiga jalb etish dasturlarini ishlab chiqish;
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib boruvchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
5.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarida jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish:
chaqiriqqacha yoshlarni sport va texnik tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini moliyaviy ta’minlashni oshirish;
maxsus xizmatni o‘tayotganlar, harbiy xizmatchilar va shaxslarning barcha toifalari o‘rtasida ularning qiziqish va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini olib borish;
harbiy xizmatchilar va maxsus xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida ommaviy sport ishlari bo‘yicha har yili ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish;
sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy hamda yakkakurash sport turlarini rivojlantirish dasturlarini qabul qilish;
sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha idoralararo jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish;
“Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan va regbi sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish;
tizimdagi ta’lim muassasalarida “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan ta’minlash;
sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini soddalashtirish.
5.4. Maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;
(5.4-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
kichik yoshdan bolalarda sport bilan shug‘ullanishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan ko‘rsatkichlari asosida qaysi sport bilan shug‘ullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish;
sog‘lomlashtirish va boshlang‘ich tayyorlov bosqichlarida bolalarni birinchi navbatda umumiy jismoniy rivojlanish va biror-bir sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, shug‘ullanuvchilarning “jismoniy tarbiya” fanini o‘zlashtirishiga ko‘maklashish;
sport ta’limi muassasalarini boshqarish va samaradorligini tahlil qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash;
jamoaviy o‘yin sport turlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarni barpo etish amaliyotini kengaytirish orqali umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish;
umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Maktab sporti” festivallari hamda xar xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar, shu jumladan “Maktab futbol ligalari”ni tashkil etish va o‘tkazish;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ma’lum bir sport turi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tiborini qaratgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
sport mashg‘ulotlari o‘tishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, sport psixologiyasini tushunish, sport tayyorgarligi davrida tibbiy nazoratni amalga oshirish nuqtai nazaridan trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
bo‘lajak trener va mutaxassis kadrlarda o‘z faoliyatiga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlari mavjudligini aniqlash va baholash imkonini beruvchi uslublarni ishlab chiqish;
sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotga (bakalavr, magistr) ega bo‘lganlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan sport boshqaruvi sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini rag‘batlantirish;
avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchi-sportchilar soni kam bo‘lgan sport maktablari trenerlariga qo‘shimcha yangi ixtisoslik va malakalarni o‘zlashtirish imkonini beradigan qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish tizimini yaratish va bitiruvchilarga sport muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallash imkonini berish;
sport ta’limi muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rag‘batlantirishni kuchaytirish;
trener va mutaxassislarning masofaviy malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini yaxshilash va qamrovini kengaytirish;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish mazmuni va metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy ta’lim muassasalarining sport bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tavsiyasi asosida sport mutaxassislariga kuchli ehtiyoj mavjud bo‘lgan chekka tog‘li va cho‘l hududlardagi abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini joriy etish;
(5.4-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
trener va sport mutaxassis xodimlarining yangilangan malaka talablarini joriy qilish;
jismoniy tarbiya va sport tizimidagi sport ta’limi sifatini baholashni tashkil etish maqsadida sportchilarning tayyorgarligi, muassasa samaradorligi darajasini baholashga yo‘naltirilgan mezonlarni ishlab chiqish;
yosh trener va mutaxassislarni kasbiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish;
ta’lim muassasalarida bolalar va o‘smirlar sport jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida bodibilding va fitnes klublari tizimini tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish;
barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun jismoniy tarbiya ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda shug‘ullanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilash.
5.5. Sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli bolalar va yoshlarni tanlash, yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, sportchilar hamda trenerlarni ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirish:
a) bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, seleksiya va sifatli sport zaxirasini tayyorlash tizimini rivojlantirish:
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sportchilar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish, sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayoniga innovatsion loyihalarni joriy etish;
sport musobaqalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va eng qobiliyatli sportchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, tegishli xalqaro sport federatsiyalar (uyushmalar) reglamentlariga moslashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar va o‘smirlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini hamda ularning faol sport faoliyatiga kirishishlarini ta’minlovchi asosiy muassasa hisoblangan sport maktablari tarmog‘ini kengaytirish;
(5.5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalarini maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi sonidan va qiziqishlaridan kelib chiqib sport maktablari sonini oshirish;
(5.5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktablarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
(5.5-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
zamonaviy sport texnologiyalarini hisobga olgan holda sport turlari bo‘yicha sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish;
iqtidorli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha mintaqaviy, respublika saralash musobaqalari, shu jumladan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazilishini ta’minlash;
sport turlari bo‘yicha respublika Oliy sport mahorati maktablarida iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni milliy terma jamoalarga jalb etishga mas’ul Bosh trener-seleksioner shtatlarini joriy etish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
b) yoshlar, shu jumladan talabalar sportini rivojlantirish:
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, kibersport turini tizimli rivojlantirish;
“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yoshlar jamoat tashkilotlari va ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish;
O‘zbekistonda talabalar sportini yanada rivojlantirish, jumladan har bir oliy ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etish va ularni kamida bitta sport turiga ixtisoslashtirish, shuningdek, “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz berishni joriy etish;
iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishi, shu jumladan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish.
v) trener va o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirishni kuchaytirish:
seleksiya bo‘yicha trener tomonidan sport maktablariga jalb qilingan sportchilarning natijalariga muvofiq trenerlarni bazaviy tarif stavkasining uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantirish;
maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Bolalar sport o‘yinlari”ning g‘oliblarini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini hamda sport ta’limi muassasalari trenerlarini pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish;
jismoniy tarbiya fanidan olimpiada, musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari, sport ta’limi muassasalarining trenerlarini attestatsiyaga jalb etmagan holda ularga malaka toifalari berish;
g) oliy sport yutuqlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish:
barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi choralar ko‘rish;
barcha turdagi sport maktablarida seleksiya bo‘yicha trener, diyetolog, psixolog, farmakolog, massajchi lavozimlarini joriy etish;
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini kamida bittadan ustuvor (olimpiya sport turlari), istiqboldagi (sportning o‘yin hamda milliy turlari), ayniqsa, turdosh sport turlariga ixtisoslashtirish;
kelgusida oliy ta’lim muassasalari bazasida ixtisoslashtirilgan olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning sport tayyorgarlik markazlarini tashkil etish;
respublikada barcha turdagi musobaqalarni to‘rt bosqichda o‘tkazish asosida terma jamoalarning zaxirasini shakllantirish;
sport maktablari erishgan natijalarga qarab ular maqomini qayta ko‘rib chiqish va belgilash tartibini joriy etish;
sport ta’limi muassasalarini, shu jumladan idoraviy jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport sohasida qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, sport maktablari, shuningdek, seksiyalar va sport klublarini tashkil etish;
(5.5-band “g” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qilish natijasida sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar erishgan natijalari, trenerlari va qaysi sport tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotganligi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllanitirish;
sport zaxirasini tayyorlash tizimining nazariy-uslubiy va tibbiy-biologik asoslari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish;
tayyorgarlikning jismoniy va texnik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish va salomatlik holatini baholash asosida iqtidorli yosh sportchilarni ko‘p yillik saralash tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan tayyorlash jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish;
sportchilarni, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni tayyorlashda hamda tibbiy ta’minlashda innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
respublikaning tog‘li hududlarida sport terma jamoalari uchun Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish markazini qurish;
hududlarda qishki olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommalashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
hududlardagi yetakchi trenerlarning sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sport terma jamoalarida, shuningdek, chet elda amaliyot o‘tash (stajirovka) tizimini yaratish;
sport tibbiyoti mutaxassislarini, sport hakamlarini tayyorlash va malakasini oshirish;
sportda taqiqlangan vositalar va usullarni qo‘llaydigan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish (dopingga qarshi kurashish);
sportchilar va murabbiylarni ijtimoiy himoya qilish, rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, shu jumladan tayyorlagan sportchilarini boshqa sport ta’limi muassasasi yoki klublarga o‘tkazgan trenerlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish.
5.6. Xalqaro sport siyosati va xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish:
xalqaro sport tashkilotlarida O‘zbekiston sport tashkilotlari vakillarining sonini ko‘paytirish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
Osiyo va jahon sport tashkilotlari, shuningdek, boshqa yetakchi mamlakatlarning sport tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish;
imkoniyati cheklangan shaxslarni birlashtirgan xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
sport shou-biznes tashkilotlarini respublikaga jalb etish;
birinchi navbatda uzoq vaqt davomida sport yutuqlariga erisha olmayotgan sport turlari bo‘yicha respublika sport jamoalari bilan ishlash uchun xalqaro darajadagi yetakchi xorijiy trenerlarni jalb etish;
xalqaro maydonda O‘zbekiston sporti va sportchilarimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sport turizmini (ayniqsa ichki) rivojlantirish maqsadida yirik sport obyektlarini mamlakatning ommalashgan turistik yo‘nalishlari xaritalariga kiritish, hududlarning sport brendlarini shakllantirish;
sport muxlislarini, jumladan xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish va “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish viza tizimini joriy etish.
5.7. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar, ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik va antidoping qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish bo‘yicha turli tashkilotlarning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimi va mezonini joriy etish;
barcha darajadagi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi tizimini takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasini axborotlashtirish dasturini ishlab chiqish va uni joriy qilish ishlarini tashkil etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining sport sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
a) jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari hamda zamonaviy fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyorlash:
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida intensiv malaka oshirish platformasini yaratish;
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan (adaptiv) sport bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda kasbiy qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
“eng yaxshi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, trener, sportchi, sport shifokori, psixologi va diyetologi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini tashkil etish;
trener-o‘qituvchilar tayyorlashning uzluksiz, ko‘p bosqichli tizimini shakllantirish;
xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni, shuningdek, turli darajadagi sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish;
yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etgan holda, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish;
sohaning boshqaruv tizimidagi mutaxassislarini Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarini tashkil etish;
sport muassasalari rahbarlari o‘rtasida tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda ularning tizimli ishtirok etishini ta’minlash;
b) jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik ta’minlash va antidoping choralarini rivojlantirish:
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-uslubiy ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda mamlakatimiz sport terma jamoalarini ilmiy-metodik ta’minlash maqsadida Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5.7.-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
respublikaning sport sohasidagi olimlarini xalqaro ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;
sport terma jamoalari va sport zaxiralarini tibbiy-biologik ta’minlash tizimini takomillashtirish;
oliy sport yutuqlari va sport zaxirasini tayyorlash, antidoping ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
dopingdan foydalanishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya milliy terma jamoalari, hududiy terma jamoalar murabbiylari va shifokorlarini o‘qitish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jismoniy tarbiya va sportda doping vositalari va taqiqlangan usullardan foydalanganlik uchun sportchilar, murabbiylar va tibbiyot xodimlarining javobgarligini kuchaytirish;
sport musobaqalarini tibbiy ta’minlash tartibini ishlab chiqish va joriy etish;
sport faoliyatini tamomlagan sportchilarni ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan samarali reabilitatsiyasini tashkil etish maqsadida har bir hududdagi tibbiyot birlashmalarida sport reabilitatsiyasi bo‘linmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish;
sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish;
olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida bosqichma-bosqich doping-test namunalarini olishni yo‘lga qo‘yish;
yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilg‘or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda, sifati va mazmuniga ko‘ra zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni tayyorlash hamda nashr etishni tashkillashtirish;
sportning ommaviy turlari bo‘yicha elektron ta’lim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini tashkil etish;
tibbiyot sohasidagi reabilitatsiya qiluvchi innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tizimli asosda tashkil etish;
sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishning ahamiyatini aholiga keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ‘ib qilishni kuchaytirish;
almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
5.8. Jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
sport sohasi subyektlari faoliyatini monetizatsiya qilish maqsadida “sponsorship” (titul homiylik, reklama distribyutsiyasi, axborot hamkorligi) tizimini yo‘lga qo‘yish hamda televizion translatsiya media huquqlarini o‘rta va uzoq muddatli shartlarda autsorsing tuzilmalariga o‘tkazib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish choralarini ko‘rish;
(5.8 bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
xalqaro ilg‘or tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlariga tayanish;
sport ta’limi muassasalarining sport inshootlarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash;
sport ta’limi muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, homiylik va xayriya mablag‘lari orqali budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan sport zallari, yotoqxona, o‘quv binolari qurish, mavjudlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish;
jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash bo‘yicha investitsiya, davlat va boshqa manzilli dasturlarni kelishish;
hududlarning o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini hisobga olib, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish.
5.9. Davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini qurish uchun aholi uchun qulay bo‘lgan hududlardan doimiy foydalanishga berilgan yerlarni bepul asosda ijaraga berish;
(5.9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
joylarda barpo etiladigan davlat-xususiy sheriklik nodavlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari reyestrini shakllantirish orqali ularning tizimli monitoringini olib borish;
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish;
mavjud davlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliy sport mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uskunalar, sport kiyimlari tikish, brend va imidj mahsulotlari ishlab chiqarish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali yordam ko‘rsatish.
5.10. Sog‘lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash:
jismoniy tarbiya, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish, yetakchi televizion kanallarning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlari sifatini oshirish;
sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport sohasida kinematografik, bosma va ko‘rgazmali mahsulotlar, teleradiodasturlarni hamda Internet-resurslarni yaratish va tarqatish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
jismoniy tarbiya va sportning ma’naviy qadriyatlarini, Olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish;
“Sport barcha uchun” harakati doirasida radio eshittirishlar va televideniyeda axborot-tahliliy ko‘rsatuvlar turkumini efirga uzatib borish;
jismoniy tarbiya, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish samaradorligini baholab borish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni tashkil etishda aholiga axborot yordamini ko‘rsatish;
ta’lim muassasalarida, ishxonalarda, aholining yashash va dam olish joylarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
yosh avlod o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, ayniqsa, jismoniy sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda Internet imkoniyatlaridan keng foydalanish;
sport targ‘ibotiga yetakchi sport mutaxassislari, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblari, aktyorlarni faol jalb etish, sog‘lom turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilishda ijtimoiy reklamadan foydalanish;
mamlakatda va chet elda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va reklama qilishni takomillashtirish;
aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish va targ‘ib qilish bo‘yicha ilmiy-uslubiy, ijtimoiy-ommabop materiallar hamda qo‘llanmalarni nashr etish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to‘plash hamda ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
6. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025-yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishiladi;
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining umumiy soni 30 foizgacha, o‘quvchi va talabalarning umumiy soni 20 foizgacha oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari sport inshootlaridan foydalanish samaradorligi 60 foizgacha oshiriladi;
sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar soni bosqichma-bosqich 51 foizdan 80 foizgacha yetkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlaridagi oliy toifali trener-o‘qituvchilar hissasi 72 foizgacha oshiriladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston sport terma jamoasining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon, qit’a va Osiyo sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi ta’minlanadi;
O‘zbekistonda Osiyo, Jahon chempionati, Osiyo va Jahon kubogi nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish ko‘rsatkichlari 34 taga oshiriladi;
sport ta’limi va tayyorgarligi tizimining mazmuni sifat jihatidan yaxshilanadi, sport maktablarida ustuvor olimpiya sport turlari bo‘yicha bo‘limlarni ochish orqali sport turlari ulushi 32 taga oshiriladi;
iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash va ularni milliy terma jamoalarga jalb etishgacha bo‘lgan jarayon bosqichma-bosqich, tizimli amalga oshiriladi;
sportchilar faoliyati va erishayotgan sportdagi yutuqlari to‘g‘risida muntazam yangilanib boriladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va mablag‘ bilan ta’minlash samaradorligi oshiriladi, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’limi tizimida sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda “ta’lim muassasasi-sport maktabi va oliy sport” tamoyilida uzviylik tizimi joriy etiladi;
samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sport maktablariga olimpiya zaxiralari sport maktablari maqomi beriladi;
sohada faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligi, sport ta’limi muassasalari mutaxassis va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalarida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli
ko‘rsatkichlari


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə