1. Mahsulot sifatini nazorat qilish va korxona faoliyati Korxonalarda mahsulot sifatini nazorat qilish choralari



Yüklə 144,47 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü144,47 Kb.
#181470
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sanoat korxonalarida maxsulotlar sifati boshqaruvini takomillash-fayllar.org


Mavzu: Korxonalarda mahsulot sifatini nazorat qilish tizimini ishlab
chiqish.
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1.Mahsulot sifatini nazorat qilish va korxona faoliyati
2.Korxonalarda mahsulot sifatini nazorat qilish choralari
3.Nazorat operatsiyalarining turlari
4.Sifat nazoratining davlat darajasi
5.Korxonalarda mahsulotni samarali sifat nazorati xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga katta qiziqish uyg’otdi. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o’rinni egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammollariga katta ahamiyat berishga majbur qiladi. Rivojlangan davlatlarda raqobat, kurash sifatini oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo’ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun ob’ektiv ko’rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud. Sifatni oshirish harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko’maklashadi. Yuqoridagilar bo’lajak menejerlardan sifatni boshqarish sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishni talab qiladi Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan boshqarish masalalariga chuqur e’tibor bermoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga katta qiziqish uyg’otdi. Tadbirkorlik jamiyat rivoji va iqtisodiyot uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizni rivojlanishi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmoqda. Ayniqsa tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan, shuningdek davlat qo’llabquvvatlanmoqda va himoyasiga muhtoj bo’lgan tadbirkorlik-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hozirgi paytda eng muhim masalalardan biriga aylangan.Kichik tadbirkorlik hozirgi bozor munosabatlari jarayonini tobora chuqurlashib borayotgan bir davrda respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli darajada xissa qo’shmoqda. Shu tufayli, kichik va o’rta tadbirkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish shu kunning davlat vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda, chunki kichik tadbirkorlik qanchalik rivojlansa ularning soni ko’payib, ishlab chiqarish va sifat oshib borsa mamlakatimizning iqtisodiy qudrati tobora oshadi, xalq faravonligi oshadi.
Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatsiyalashtirish Milliy akkreditlash tizimida belgilangan tartibda akkreditlangan sertifikatlashtirish bo’yicha organlar tomonidan o’tkaziladi. Sifat tizimlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish va sertifikatlashtirishning 3 bosqichini o’z ichiga oladi:
1-bosqich-sifat tizimini dastlabki baholash;
2-bosqich-tashkilotning sifat tizimini tekshirish va baholash;
3-bosqich-sertifikarlashtirilgan sifat tizimini inspeksion nazorat qilish.
Sifat tizimini dastlabki baholash tekshirilayotgan tashkilotning sifat tizimini sertifatlashtirishga tayyorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi va quidagilarni amalga oshiradi:
-buyurtmachining sifat tizimi hujjatlarini ekspertiza qilish;
-sifat tizimi sertifikatlanayotgan hizmatning sifati haqidagi ma’lumotlarni toplash;
-dastlabki baholash natijalari bo’yicha yozma xulosa tayyorlash.
Sifat tizimini tekshirish va baholashga tayyorlanishda quyidagi ishlar bajariladi:
-tekshiruv dasturini tuzish;
-hay’at a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash;
-ishchi hujjatlarni tayyorlash va boshqalar.
Sifat tizimini tekshirish dasturlari va uslubiyatlari sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlanadi.
Sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini sertifikat bergan organ yiliga kamida bir marta sifat tizimining sertifikatlashtirishda tasdiqlangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida 3 davriy va rejadan ashqari tekshirishlar shaklida o’tkazadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, maxsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan deb bo’lmaydi.

Yüklə 144,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə