1. Marjinalizm metodologiyasi. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi



Yüklə 65,08 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü65,08 Kb.
#156823
  1   2   3
1 Marjinalizm metodologiyasi Marjinalizmning vujudga kelishi fayllar


1. Marjinalizm metodologiyasi. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi

Reja:
1. Marjinalizm metodologiyasi.
2. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi.
3.Kembridj maktabi. A.Marshalli va uning narx, ish haqi va foyda haqidagi nazariyalari.
4.Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.
5. Lozanna maktabi. Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi

Marjinalizm metodologiyasi.
Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
M. meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
M. iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.
SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.
19 asrning 70-yillarida klassik siyosiy iqtisod maktab o‘rniga marjinalizm iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) tadqiqotining predmetini me’yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo‘nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‘lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar yuz bergan edi.
Avstriya maktabining namoyandalari, ya’ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub’ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob’ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e’tiborni iste’mol(talab)ning tutgan o‘rniga bag‘ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar.
Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarni yaxlit o‘rganib, me’yoriy iqtisodiy o‘lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b.
Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog‘liqdir.
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog‘lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar.
Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g‘arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi.
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday xo‘jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xujaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi.
Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iktisodiy ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi.
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi.
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar.
Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to‘ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo‘lgan daraxtdan, ildizning o‘zidan» taxlil eta boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi yo‘nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari asosidir.
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo‘ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‘ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir.
Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o‘tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.
Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o‘qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‘qituvchilik qildi.
1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‘llaydi.
Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo‘ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‘q. Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‘zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi.
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo‘llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy o‘zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar.
Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‘rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e’tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo‘lamiz.
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‘ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi.

Yüklə 65,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə