1-mavzu. Kirish efir moylari haqida tushuncha. Efir moylarini aniqlash



Yüklə 152,73 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü152,73 Kb.
#146026
  1   2   3

1-mavzu. Kirish efir moylari haqida tushuncha. Efir moylarini aniqlash.



Reja:
1.Kosmetik maxsulotlar kelib chiiish tarixi 2.Kosmetik kimyo mahsulotlarining tasnifi.

Parfyumeriya kosmetika maxsulotlarining rivojlanishi qadimgi misrliklar orasida yuqori darajaga yetаdi. Misrliklar turli xil o'simlik ekstraktlarini tayyorlash va ishlatishni bilishgan. Misrliklar hayotida xushbo'y hidlar katta rol o'ynagan. Xushbo'y moylar, balzamlar, smolalar keng qo'llanil gan. O`sha davrdan o`z ichiga yalpiz, asal, saqlagan atir retsepturasi saqlab qolingan.


Fir'avnlar qabrlarida efir moylar bilan to'ldirilgan, alebastr va fil suyagidan yasalgan badiiy ishlangan idishlar topilgan. Efir moylar tanani parvarish qilish uchun mo'ljallangan. Ogiz bo`shligini tozalash, tishlarni tozalash uchun ogiz bo`shligini tozalash, tishlarni tozalash uchun misrliklar archa daraxti shoxlari solingan suvni qaynatib ishlatishgan. Surma sul'fidini qosh va kipriklarni bo`yash uchun qo`llagan. Bu antimonit kukuni.
Qadimgi misrliklar tanani toza saqlashga e`tibor qaratishgan. Qadimgi Misrdagi asosiy kosmetika mahsuloti xushbo'y moylar (kastor, zaytun, kunjut) edi, sovun o'rniga moy', ohak va tutatqidan tayyorlangan maxsus malhamdan foydalanganlar.
Fir'avn Amenxotep III (miloddan avvalgi 1411-1375)- “moy tana uchun doridir" deb aytgan. fir'avn Seti I (miloddan avvalgi 1313-1292) maxsus farmon bilan o'z jangchilariga kosmetik moylar etkazib berishni ko'paytirаdi.
Amenxotep III Seti I
Kosmetikaga bo'lgan ehtiyoj katta miqdorda tosh vazalar va boshqa idishlar ishlab chiqarishni taqqozo etdi. Xozirda biz ularni muzeylarda ko`rishimiz mumkin.
Ming yillar davomida tutatqilar diniy marosimlarning muhim qismi bo'lib kelgan.

Fir`avn Tutanxamon qabridan topilgan xushbo`y xid saqlangan idish



Fir'avnlar mamlakatidan keyin Qadimgi Rim, Xitoy, Hindiston, Sharqning boshqa mamlakatlari parfyumeriya va kosmetika taraqqiyoti tarixiga o'zlarining sezilarli hissalarini qo'shdilar.

Yüklə 152,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə