1-mavzu: Kirish. “Metrologiya, standartlashtirish ва sertifikatlash” fanining maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#148002
  1   2   3
1-mavzu Kirish. “Metrologiya, standartlashtirish ва sertifikatl


1-mavzu: Kirish. “Metrologiya, standartlashtirish ва sertifikatlash” fanining maqsad va vazifalari.


Reja
1. “Metrologiya va standartlashtirish va sertifikatlash asoslari” fanining maqsad va vazifalari.
2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash” fanining rivojlanish tarixi.


Tayanch so‘z va iboralar: dastlabki ishlov berish, oziq-ovqat, agrosanoat, mahsulotlarni saqlash, omborlar.
Bu fanning asosiy vazifasi Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan. Metrologiya bo‘yicha xalqaro lug‘atda (VIM 3) metrologiyaga shunday ta’rif beriladi: metrologiya – o‘lchashlar va ularni qo‘llash haqidagi fan.
Odatda biz standart bo‘yicha degan iborani ko‘p ishlatamiz. Xo‘sh standart nima? Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga ѐki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’ѐriy hujjatdir.
Standartlashtirish - bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali, jumladan, iqtisodiѐtga erishishda takrorlanadigan vazifa (jaraѐn)larning umum maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada tartiblashtirish maqsadida qoidalar o‘rnatish va qo‘llashdir.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilaѐtgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga ѐki boshqa me’ѐriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima?

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə