1-mavzu. Menejment fanining predmeti, ob'ekti va metodi



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#117407
  1   2   3
1-menejment ma`ruza


1-MAVZU. MENEJMENT FANINING PREDMETI, OB'EKTI VA METODI
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati
1.2. Menejment ob'ekti va sub'ekti
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar

Tayanch so‘z va iboralar: menejment, boshqaruv, tanlov, menejment nazariyasi, nazorat funksiyasi


1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati

Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta'rifga binoan u:


- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o‘ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:



Boshqaruv

- Yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov
- Mustaqil fan
- Faoliyat turi, funksiya
- Jarayon
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
- Boshqaruv apparati yoki organi



Меnеjmеnt



Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma).



Xarajat








foyda

Naf


Baho

Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘indisidir. Harajat tarkibiga:
- mahsulot (xizmat) tannarxi;
- ma'muriy harajatlar;
- ijara va foiz to‘lovlari;
- ish haqi;
- soliqlar kiradi.
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste'molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi:
-resurslar iste'molini cheklash imkonini beradi;
- ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o‘rganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- boshqarish ob'ekti va sub'ekti;
- boshqarish prinsipi va usullari;
-boshqarish madaniyati;
-menejer va uning fazilatlari;
- menejer reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funksiyalari;
- xodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- samaradorlikni boshqarish;
- o‘z-o‘zini boshqarish;
- hududiy boshqarish va hokazolar.
1.2. Menejment ob'ekti va sub'ekti

Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob'ekt va boshqaruvchi sub'ekt tizimlaridan tashkil topadi.


Shu nuqtai nazardan ob'ekt va sub'ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval).
1-jadval. Menejment ob'ekti va sub'ekti





Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə