1-mavzu: Stressni boshqarish: amaliy jihatlar



Yüklə 40,42 Kb.
səhifə1/5
tarix15.04.2023
ölçüsü40,42 Kb.
#105812
  1   2   3   4   5
kWvVUuSQya3pNytIiE60W60Ad3kHVCNz3cSg1TyT


1-mavzu: Stressni boshqarish: amaliy jihatlar
Reja:

  1. Stress tushunchasi.

  2. Stress va depressiyaning (tushkunlik holati) farqi.

  3. Stressning turlari: jismoniy va psixologik.

  4. Stressorlar – stress holatiga keltiradigan sabablar.

  5. Stressning ijobiy va salbiy tomonlari.



Stress tushunchasi
Stress – inglizcha (stress) so‘zidan olingan bo‘lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan tashqari oshib ketishi, xavfli vaziyat tug‘ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo‘lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashdi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi: salga asabiylashaveradigan, bo‘lar-bo‘lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi; asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik; asablarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sels asabiylashishini odam yoki hayvon organzimining har qanday ta’sirga o‘ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo‘linadi:
1. Boshlang‘ich ta’sirchanlik (emotsional) tuyg‘usi (g‘alayon);a’zoi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
2. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi.
3. Toliqish bosqichi.
Stress – bu oddiy va ko‘p uchrovchi holat. Kattik bezovta bo‘lish, xayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
yo‘l qo‘yshilishi mumkin bo‘lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darjasini bilmog‘i lozim. Stressni sodir bo‘lishiga asosan ikki yo‘nalishdagi omillar sabab bo‘ladi. Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o‘tib ketishi, ruhiy xalovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak.
Asabiylashgan holatda:
-ongni faoliyatidagi ayrim tomonlar to‘xtashdan qoladi;
-idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo bo‘ladi;
-kutilmagan qo‘zg‘alishlarga nisbatan ayni bir xil bo‘lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi;
-diqqat va idrok ko‘lami torayib, xalovatsizlik kuchayadi va boshqalar.
Psixologik sog‘lomlik haqida gap ketganda, bugungi kunda ko‘pincha “hissiy zo‘riqish” atamasi ham qo‘llaniladi va alohida ta’kidlash lozimki, bu atamaning o‘rniga aksariyat hollarda “stress” atamasining qo‘llanilishi urfga aylanib bormoqda. Hattoki, ba’zi hollarda imtihon topshirish yoki qanaqadir musobaqalarda qatnashish holatlarigina emas, balki shu imtihon yoki musobaqaning boshlanishi ham stress deb qaralmoqda. Shunga ko‘ra bu masalaga oid psixologik yondoshuvlar va fikrlar ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lishi tabiiydir.
Stress atamasi (ingliz tilidan stress – bosim, zo‘riqish) fiziologiya, psixologiya, tibbiyot sohalarida juda ko‘p qo‘llaniladi va bu sohalarda stress atamasi odamning tashqi olamdagi turli xil favqulotdagi vaziyatlarga nisbatan reaksiyasi (javob qaytarish holati)ni ifodalash maqsadida foydalaniladi.
Stress haqida dastlabki tushuncha G.Sele tomonidan fiziologik atama sifatida qo‘llanilib, organizmni uning uchun yoqimsiz bo‘lgan har qanday ta’sirlarga nisbatan nospesifik reaksiyasi sifatida talqin etilgan. Keyinroq, bu atama individning ekstremal vaziyatlardagi fiziologik, biokimyoviy, psixologik holatlari va xulq-atvorini tushuntirish uchun qo‘llanilgan.
Zamonaviy adabiyotlarda “stress” atamasi 3 xil ma’noni ifodalab kelmoqda. Birinchidan, stress tushunchasi ostida insonda qo‘zg‘alish yoki zo‘riqish chaqirishi mumkin bo‘lgan istalgan tashqi ta’sirlar (voqea-hodisa yoki qo‘zg‘atuvchilar) tushuniladi. Hozirgi adabiyotlarda shu ma’noda «stressor», «stress-faktor» atamalari tez-tez qo‘llanilayotganligi bejiz emas.
Ikkinchidan, stress - insonning sub’ektiv reaksiyasiga tegishli ma’noda qo‘llaniladiki, bunda u insonning ichki ruhiy qo‘zg‘alishi va zo‘riqish holatlarini ifodalaydi, yana bu vaziyat insonda kechadigan hissiyotlar, himoya reaksiyalari va stressogen ta’sirlarini bartaraf etish (coping proessos) sifatida ham talqin qilinadi. Bu jarayonlar funksional tizimning mukammallashuvi va rivojlanishiga shuningdek, psixologik zo‘riqishni chaqirishga ham olib kelish mumkin.
Uchinchidan, stress - namoyon bo‘layotgan talablari yoki zararli ta’sirga nisbatan organizmning fiziologik reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Aynan shu ma’noda G.Sele va V.Kennon stress atamasini qo‘llashgan. Fiziologik reaksiyaning vazifasi esa stress «holatini bartaraf etishda psixologik jarayonlar va xulq-atvor harakatlarining yordamidan iborat».
Stress haqida yagona va umumiy nazariyaning mavjud emasligi tabiiyki, uning aniq va yagona ma’nodagi ifodasi ham mavjud emas.
N.X.Rizvi bu sohadagi turli nazariyalarni ko‘rib chiqib, quyidagilarni ta’kidlagan:
1. Ba’zi hollarda bu tushuncha oraganizmdagi bezovtalik holatiga tegishliki, individ bu holatni har doim chetlatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Bu ma’noda stress tushunchasi xavotirlanish yoki agressiv motivatsiyalar, kuchsiz og‘riq va uyg‘unlikning buzilishi kabi yoqimsiz holatlardan birmuncha farq qiladi.
2. Stress, shuningdek, ichki bezovtalik yoki uning kuchayishi orqali namoyon bo‘ladigan psixologik va xulq-atvor reaksiyalari sifatida qaraladi. Stressdan bunday himoya reaksiyalari yoki indikatorlari emotsional-kognitiv va xulq-atvor kabi turli xil funksional ko‘rinishlarda kuzatiladi.
3. Stress fiziologik yoki ijtimoiy muhitdagi xavfli vaziyatlarni chetlatish va kamaytirishda qaror qabul qilish, agressiyadan qochishda zarur choralarni qo‘llashga olib keluvchi voqea yoki vaziyatlarni aniqlash sifatida qo‘llaniladi. “Stressor”ga o‘xshagan bunday tushunchalar xavf, tahdid, bosim, nizo, frustratsiya va ekstremal vaziyatlarga tegishlidir.
Shunday qilib, stressning aniq ifodasi mavjud emas, bu muammo yuzasidan turli xil tadqiqotchilarning urinishlari faqat noaniqliklardan iborat xolos”.
R.Lazarus ham stressning mohiyati haqida turlicha tasavvurlarni qayd etgan. U stress tushunchasini aniqlashtirishda ikkita asosiy holatni ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, “stress” tushunchasini aniqlashda terminologik chalkashlik va qarama-qarshilik mavjud bo‘lib, stressning psixologik tahlilida nafaqat tashqi kuzatiladigan stress ta’sirlar va reaksiyalar, balki stress bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha psixologik jarayonlar, masalan, tahdidni baholash jarayoni kabilar ham hisobga olingandagina bu chalkashlik bartaraf etilishi mumkin.
Ikkinchidan, stress reaksiyasi faqat tahdid natijasida yuzaga keladigan himoya mexanizmlari sifatida tushunilishi mumkin, tahdidga nisbatan reaksiyaning fiziologik va xulq-atvor tizimi shaxsning ichki psixologik tuzilishi bilan bog‘liqki, sub’ekt uning roli orqaligina bu tahdiddan qutula oladi. Stress reaksiyasining xarakteri shaxsning psixologik tuzilishi bilan shunday bog‘langanki, bunda shaxsning o‘ziga baho berishi va o‘zini himoya qilish jarayonlari tashqi ta’sir etuvchi vaziyatlarning natijasidir.
Stress atamasi bilan xavotir, zo‘riqish kabi boshqa bir qancha tushunchalar ham bog‘liqdir. Ch.D.Spilbergerning ta’kidlashicha, individ o‘ziga nisbatan xavf, tahdid, zarar keltiruvchi ma’lum bir vaziyat yoki qo‘zg‘atuvchilarni idrok qilganida unda xavotir hissi paydo bo‘ladi. Xavotir holati vaqt o‘tishi bilan stress darajasiga o‘tishi mumkin. Muallifning bu izohi bilan tashqi ta’sir (stress-faktor) natijasi bo‘lgan stress tushunchasi mos keladi. Bunda tashqi ta’sir sifatida shaxs tomonidan qattiq talab sifatida idrok qilinadigan va uning o‘zini hurmat qilish, o‘ziga baho berishiga tahdid soluvchi omillar tushuniladiki, ular turli intensivlikda mos ravishdagi emotsional reaksiyalar (xavotir holati)ni chaqiradi.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, «stress» tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha turli xil o‘zgarishlarga duch keldi, bu o‘zgarishlar stressning sabablari, regulyatsiyasi (boshqarilishi), determinatsiyasi (sababiy bog‘lanishi), namoyon bo‘lishi, bartaraf etish darajasining fundamental jihatdan o‘rganilishiga bog‘liq holda sodir bo‘ldi, albatta. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, V.A.Bodrovning fikricha, «stress» atamasi har doim ham asoslangan holda ishlatilavermaydi, ba’zan uni ma’no jihatdan yaqinroq bo‘lgan boshqa atamalar bilan ham adashtirib yuborishadi, masalan, istalgan emotsional zo‘riqishni stress deb atash holati tez-tez uchrab turadi. Shunga ko‘ra, V.A.Bodrov o‘z tahliliga quyidagicha xulosa yasaydi: “Muammoning o‘rganilishi va stress holatlarining namoyon bo‘lish darajasining kengayishini hisobga olgan holda, mantiqan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu sohada aniqroq tushunchani joriy etish va shu yo‘nalishdagi o‘xshash tushunchalar o‘rtasida aniq differensatsiya o‘rnatish lozim”. Buni shunday asoslash mumkinki, hozirgi paytda yuqorida ta’kidlanganidek, “emotsional stress” deb ham qaraladigan psixologik stress” atamasi bilan bir qatorda stressning bu turiga nisbatan “informatsion stress”, “kasbiy stress”, “postravmatik stress” va h.k. atamalar ko‘p ishlatilmoqda”.
Bundan tashqari hayotiy voqea-hodisalarning cheki yo‘qligi va insonning individual (o‘ziga xos) xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan stress atamasining noaniqligini yana bir bor ta’kidlash lozim. G.Selening o‘zi bu haqda shunday fikr bildiradi: «Stress nazariyasi, ilmiy konsepsiya sifatida ko‘pgina yaxshi bilimlarni o‘zida jamlagan va hali ham yetarlicha aniq tushunchaga ega bo‘linmagan shunday bir nazariyadir».



Yüklə 40,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə