1. Umumiy qoidalar “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va va uning bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari Tayanch iboralar



Yüklə 88,53 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü88,53 Kb.
#148522
  1   2   3   4
7-MA\'RUZA


O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining tuzilmasi va vazifasi
REJA:
1. Umumiy qoidalar
2. “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va va uning bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari

Tayanch iboralar: O‘ztemiryo‘lnazorat, Transport vazirligi, inspeksiya, inspektor, harakat xavfsizligi, sertifikatlash, tashkiliy tuzilma, filial, markaziy apparat, funksiya, vazifa, huquq, javobgarlik.
Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi №PF2815 raqamli “Temir yo‘l transportini demonopolizatsiyalash va aksionerlashtirish bo‘yicha tadbirlari to‘g‘risida” farmoni bilan tashkil etilgan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshqaruv tizimi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilning 3 martida 109-raqamli “O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘llarda tashishlarning xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiyaning faoliyatini tashkil etish haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu inspeksiya:
2017 yil 28 noyabrdagi 948-son Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori;
2019 yil 1 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143-son qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish funksiyalarini bajaruvchi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda temir yo‘l transporti korxona va tashkilotlari deb ataladi) tomonidan temir yo‘l transporti sohasidagi harakat xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoida va me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti tashkilotlari va korxonalarida qozonxona obyektlari va ko‘tarish inshootlaridan xavfsiz foydalanishni nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organidir.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga bo‘ysunadi va hisob beradi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligi qarorlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna shaxsiy hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining hududiy filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydi.
O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining rasmiy nomi quyidagicha:

Yüklə 88,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə