1. Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari



Yüklə 69,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,64 Kb.
#160616
  1   2   3   4   5   6
Lecture - 11



11- Mavzu: Yumshoq o'yinchoqlar tayyorlash. 
Reja: 
1. Yumshoq o‟yinchoqlar tayyorlash turlari. 
2. Yumshoq o‟yinchoqlarning bola tarbiyasida axamiyati.
 
1.
 
Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari 
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida turli o‟yinchoqlar mavjud bo‟lib ular 
bolalarning bo‟sh vaqtlarining to‟g‟ri tashkil qilish, fikrlarini o‟stirish, 
dunyoqarashlarini kengaytirish asosidir. Hozirgi paytda yumshoq o'yinchoqlarga 
bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Shunga ko'ra biz maktabgacha tarbiya 
muassasalari tarbiyachilari ishlarini yengillashtirish maqsadida asosan qo'g'irchoq 
teatri to'garaklarida qo'llanib kelayotgan o'yinchoqlar namunasini e'tiboringizga 
havola etamiz. Bu o'yinchoqlar tarkibiga, bezaklariga sharoitidan kelib chiqib va 
tarbiyachi mahortiga ko'ra ayrim o'zgarishlar kiritishlari mumkin. 
O'yinchoqlarni berilgan katakchalar yordamida 2,3,4 va bir necha marta 
kattalashtirib andozani unga ko'ra tayyorlash mumkin. Tikish usullarini ignani 
ichkaridan olib, e‟tibor berib tikiladi. Har bir o'yinchoqning qismlari bir-birga 
tikilgach, ichki qismlarini tashqariga ag'darishini unutmang. Uning ichiga esa 
gazlama bo'laklari, qiyqimlar, paxta tikilishi mumkin. Ayrim o'yinchoqlarning old 
va orqa oyoqlari mahkam turishi uchun simdan foydalaniladi. Ko'z, shoxchalarni 
yog'ochdan ham tayyorlash mumkin. 
Ba'zan ko'z sifatida chiroyli tugmachalardan ham foydalanish tavsiya etiladi. 
Bu detallar kartondan yasaladigan bo'lsa, guash, akvarelda bo'yalib, ustidan lak 
qoplanadi. Kerakli asboblar:
1. Ignalarning turli katta kichiklari; 
2. G„altakli iplar, turli rangdagi №10,40,50, 60 li qalinligi har-xil iplar. 
3. Rangli iplar, turli rangdagi ipakli iplar va dag„al iplar. 
4. Qaychi 6 dona, loydan yasashda ishlatiladigan tayoqcha. 
5. Bigiz uzuni, ombir 1 dona. 
6. Yog„ochli, temirli tayyoqcha (paxta to„ldirish uchun) 


7. Rangli oddiy qalamlar, rasm chizish uchun mo„yqalamlar. 
8. Tikuv mashina, har xil kattalikdagi igna. 
9. Doiraviy ombir 2 dona, yumshoq jag„li ombir, o„tkir jag„li ombir. 
10. Dumaloq yog„och (paxta tikish uchun) 
11. Angishvona, dazmol. 

Yüklə 69,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə