Ma’ruza: Farmatsevtik ishlab chiqarishda farmatsevtik eritmalar
10- Ma’ruza: Farmatsevtik ishlab chiqarishda farmatsevtik eritmalar.
Reja
Suyuq dori shakllarining TDV orasida tutgan o‘rni.
Farmatsevtik eritmalar: qiyomlar, xushbo‘y suvlar, suspenziyalar, emulsiyalar, suvli va suvsiz eritmalar ta’rifi, tavsifi, tasnifi.
Tayanch so’z va iboralar: Eritmalar, farmatsevtik eritmalar, qiyomlar, xushbo‘y suvlar, suspenziyalar, dispers
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Ma’ruzaning maqsadi: Suyuq dori shakllarining TDV orasida tutgan o‘rni, farmatsevtik eritmalar: qiyomlar, xushbo‘y suvlar, suspenziyalar, emulsiyalar, suvli va suvsiz eritmalar ta’rifi, tavsifi хақида маълумотга эга бўлиш.
Suyuk dorilar xar tomonlama dispers sistemalar bo‘lib, dispers muhitni suyuqlik va dispers fazani dori moddalar tashkil etadi.
Eritmalar – suyuq, qattiq va gazsimon moddalarning tegishli erituvchida eritilgan, ichga, sirtga va parenteral ishlatishga mo‘ljallangan suyuq dori turidir.
Farmatsevtik eritmalarni klassifikatsiyasi:
Tarkibiga ko‘ra: oddiy va murakkab
Tibbiyotda ishlatilishiga ko‘ra: tashqi maqsadga, ichishga, in’eksiya uchun
3) Erituvchi tabiatiga ko‘ra:
a) suvli eritmalar
b) suvsiz eritmalar, bular o‘z navbatida: 1.Spirtli, 2.Glitserinli, 3.Moyli eritmalarga bo‘linadi
Suvli eritmalar – dispers muxit sifatida tozalangan suv ishlatiladi
Suvsiz eritmalar – dispers muxit sifatida etil spirti, glitserin, o‘simlik moylari, mineral moylar, dimeksid va b.q.ishlatiladi
Dispers sistemasi bo‘yicha:
1) chin eritmalar bo‘lib, molekula kattaligi 1 nm gacha, ular o‘z navbatida ion chin eritmalar, molekulyar chin eritmalarga bo‘linadi M: NaCl eritmasi, glyukoza eritmalari
Dostları ilə paylaş: |