4 — laboratoriya mashgʻuloti.
Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar, efir moylar
texnologiyasi.
Maqsad:
Farmatsevtika
amaliyotida
qoʻllaniladigan
eritmalar
nomenklaturasi bilan tanishish. Siroplar va xushboʻy
suvlar texnologiyasini
oʻrganish.
Mavzuning ahamiyati:
Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar,
efir moylari dorixona amaliyotida koʻp tayyorlanadigan dori turi ekanligi bilan
ahamiyatlidir. Mavzuni yoritishda qorboʻron metodidan keng foydalaniladi.
Vaziyatli masalalar:
1. Tayyorlangan qiyom karamelga aylanib qoldi.
2. Tayyorlangan xushboʻy suv tarkibidagi efir moyi uchib ketdi.
3. Tayyorlangan farmatsevtik eritma tarkibiga stabilizator qoʻshilmadi.
Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar:
1. Farmatsevtik eritmalar taʼrifi va tasnifi.
2. Farmatsevtik eritmalarning asosiy tarkibiy qismlari
nimalardan iborat va
ular qanday maqsadlarda xizmat qilishi mumkin?
3. Farmatsevtik eritmalar barqarorligi va xavfsizligini hisobga olgan holda
qanday tayyorlanadi va sterilizatsiya qilinadi?
4. Siroplar qanday tayyorlanadi va taʼmi va tuzilishini
yaxshilash uchun
qanday yordamchi moddalar qoʻshiladi?
5. Siroplardagi moddalarning kristallanishi yoki choʻkishining oldini olish
uchun qanday choralar koʻriladi?
6. Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar va efir moylarini tibbiy va
kosmetik maqsadlarda qanday ishlatish mumkin?
7. Erituvchilarga qoʻyilgan talablar.
8. Siroplar. Dorivor va taʼm beruvchi
siroplarning farmatsevtika
amaliyotidagi ahamiyati.
Laboratoriya mashgʻuloti
"Pharmaceutical Alchemist: Essence World"
pedagogik texnologiyasi orqali yoritib beriladi.