13-Ma’ruza Mavzu. Smart texnologiyalar Reja



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/4
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114610
  1   2   3   4
13-ma\'ruza


13-Ma’ruza
Mavzu. Smart texnologiyalar


Reja:

1.Smart texnoligiyalariga kirish


1.Ta’limda smart texnoligiyalari

XXI asrning boshlanishi bilan zamonaviy axborot texnologiyalari inson hayotiy fazosining ajralmas qismiga aylandi. Bugungi kunda mobil telefon, kompyuter va Internet jamiyatdagi odamlar hayotiy fazosining asosiy elementlari qatoriga kiritildi.


Smart texnoligiyalariga kirish
Hozirgi vaqtda nutqimizda “Aqlli universitet”, “Aqlli uy”, “Aqlli shahar”,
“Aqlli qishloq”, “Aqlli tashxis”, “Aqlli ta’lim”, “Aqlli texnologiya”, “Aqlli iqtisod”, “Aqlli tibiyot”, “Aqlli avtomobillar”, “Aqlli televizorlar”, “Aqlli hayot”, “Aqlli dunyo” kabi ko’pgina yangi so’zlar uchramoqda (1-rasm). AQShda yaqin o’n yillikda Smart - ta’lim doirasida ta’limda katta inqilob qilish mo’ljallanmoqda, Yevropada Smart - ta’lim tamoyilida “Yagona Yevropa universiteti”ni shakllantirish mo’ljallanmoqda. Niderlandiyada uy haroratini mo’ta’dillashtiradigan o’z o’qi atrofida aylanadigan “Aqlli uy” qurildi va ishlatilmoqda. Respublikamizda Smart texnologiyalar asosida Toshkent shahrida “Sity”lar qurilmoqda va unda quriladigan uylar “Aqlli uy” nomini olishga yo’naltirilmoqda. Shuningdek, Samarqand shahrida “Smart muzey” tashkil qilindi va ishga tushirildi.

1-rasm. “Aqlli hayot”ning tashkil etuvchilari.

“Aqlli jamiyat” atamasi jamiyatning yangi sifati bo’lib, unda odamlar tomonidan tayyorlangan texnik vositalar, xizmatlar va internetdan birgalikda foydalanish, yangi samara: ijtimoiy, iqtisodiy va yaxshi hayot uchun boshqa imkoniyatlar oladigan subyektlarning o’zaro ta’sirida sifatli o’zgarishlarga olib keladi (2-rasm).



2-rasm. “Aqlli dunyo”ga o’tish bosqichlari.

SMART so’zi ingliz tilidagi bir nechta so’zlarning bosh harflaridan hosil qilingan bo’lib, o’zbek tilida aqlli, aql-idrokli, texnologik kabi ma’nolarni bildiradi. Bu qisqartma so’zni dastlab 1954 yili Avstriyadan chiqqan amerikalik olim, iqtisodchi, publisist, pedagog, XX asr menejment nazariyachilaridan biri Piter Ferdinand Druker (19.11.1909 y.-11.112005 y.) kiritgan. So’ngra 1965 yili Paul J Meyer, keyinchalik esa 1981 yili George T. Doran o’z ilmiy ishlarida qo’llaganlar [1].


SMART - menejment va loyihaviy boshqaruvda maqsadni aniqlash va masalalarni qo’yish uchun foydalaniladigan mnemonik abbreviaturadir. Mnemо́nika so’zi (qad. gres. μνημονικόν — yodlash san’ati) mnemotе́xnika shaklda qo’llanilib, zarur axborotlarni yodlashni yengillashtiradigan va aloqa(assosiasiya)lar tashkil etish yo’li bilan, abstrakt obyekt va dalillarni vizual, audial tushuncha va ifodalashga almashtirish orqali xotira hajmini ko’paytiradigan maxsus usul va yo’llar to’plamidir. SMART quyidagi so’zlarning bosh harflaridan tashkil topgan (3-rasm):


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə