2- mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. Talaba shaxsi tipologiyasi. Ishdan maqsad



Yüklə 178,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü178,06 Kb.
#131512
  1   2   3
2- mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi



2- Mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. Talaba shaxsi 
tipologiyasi. 
Ishdan maqsad: 
Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi, talaba 
shaxsi tipologiyasini o’rganish.
 
Qisqacha nazariy ma’lumot. 
Individuallik tushunchasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, «individium» ya’ni 
«bilinmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o’ziga xos 
psixik xususiyatli ko’rinishi bo’lib, u o’zining hayoti va faoliyati davomida 
shaxsda sub’yekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni 
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va 
extiyojining o’sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. 
Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli 
shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi 
(tarqatuvchisi) bilib qoladi. 
Inson individualligi
– bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg’un 
omillarining birligini qamrab oluvchi ko’p o’lchovli va ko’p darajali bog’lanishlar, 
aloqalar sistemasidan iborat. Shunday bo’lishi bilan birga inson individualligi 
psixologik jixatdan: 
birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o’ziga xosligi, qaytarilmasligi, 
yagonaligi bilan ajralib turadi; 
ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni 
yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo. 
Har bir shaxs o‘ziga xos qaytarilmas dunyo. Shaxs - qaytarilmas, u o’z sifatlari va 
borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning 
individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif 
bergan shaxs tushunchasi bilan yonma - yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga 
izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu - “individ” va “individuallik” 
tushunchalaridir. “Individ” tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani 


to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va 
uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga 
oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va 
xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik 
faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. “Individuallik” - yuqoridagi ikkala 
tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir 
konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga 
oladi. Shu nuqtai nazardan, shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning 
individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, 
emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu 
qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi 
kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z 
qarashlari, barmoq xarakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan 
insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat 
motivatsiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo‘lgan odamni 
topib bo‘lmaydi. Ular - individualdir.

Yüklə 178,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə