2- mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. Talaba shaxsi tipologiyasi. Ishdan maqsad



Yüklə 178,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü178,06 Kb.
#131512
1   2   3
2- mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi

Qobiliyatlar
- shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli 
xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib 
beradi. 
Temperament
- insonning turli vaziyatlarda narsa, qodisa, xolatlar va insonlarning 
xatti-xarakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari 
majmuidir. 
Xarakter 
- shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z – o’ziga, vaziyatlar, 
narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Irodaviy sifatlar
- har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish 
yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz 
majmuini o‘z ichiga oladi. 


Emotsiyalar va motivatsiya
esa atrofimizda sodir bo‘layotgan xodisalar, bizni 
o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-qarakatlarini ruqan qanday qabul qilib, 
ularga bildiradigan qissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular 
ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib 
chiqadi. 
Ijtimoiy ustanovka
- yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning 
turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va xarakatlarga ruhan hozirligi va munosabat 
bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir. 
Biz yuqorida sanab o’tgan individual psixologik xususiyatlarning ahamiyati katta. 
Ular bizning jamiyatdagi o‘rnimiz, obro’ - e’tiborimiz, ishdagi va o‘qishdagi 
yutuqlarimiz, inson sifatidagi qiyofamizni, kim ekanligimizni, kerak bo‘lsa, 
o‘zligimizni belgilaydi. Individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas 
qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo‘naltirilgan muhim predmet 
hisoblanadi. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va 
ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador.

Yüklə 178,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə