14-MAVZU: VIRTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja:
1. Kompyutrga toblikning 4 bosqichi moslashish, odatlanish, shaxsiy omillarga
ta`siri inson hayotining ajralmasi bo`lagi sifatida.
2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi.
3. Virtual tanishuvlar.
4. Vertual olam va manipuliyatsiya.
5. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari.
6. Zo`ravonlik va shafqatsizlikka undovchi o`yinlar.
Mohiyatan farq qiluvchi ikki turli yo’nalishlarni ajratish zarur: mediata’lim (media
education) vamediani o’rganish (media studies). Media masalalarini boshqa fanlarning o’quv
rejalari vadasturlariga integratsiya qilish, tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish, OKVning (ommaviy
kommunikatsiya vositalarining) madaniy rolini yoritish hamda turmush sifatini yaxshilash uchun
media bilan samarali hamkorlik qilish ko’nikmalarini singdirish — bu mediata’lim sohasidir.
Nazariy va konseptual jihatlar — bu medianing o’rganish sohasidir. Umuman, mediata’limida
quyidagi bilimlarni egallash zarur: axborotni izlash,
uni tahlil qilish, to’g’ri baho bera olish va
ishlab chiqarish. Ushbu layoqatlarning barchasi faqat insonning OKV bilan o’zaro hamkorligini
yaxshilab
qolmasdan, muammolarni anglashga, tanqidiy fikrlashga
va ularni samarali hal
qilishga, hayotiy vaziyatlarni hal etishga ko’maklashadi.
Media bilan hamkorlik qilish davomida hozirgi zamonaviy o’quvchi doimiy ravishda
axborotga jalb qilinadi va u bilan bo’lishadi, yangi onlayn-madaniyatga kirishadi. Bu o’rinda
so’z hatto o’ziga xos raqamli etiket haqida bormoqda. Raqamli muhit
foydalanuvchidan turli
simulyatsiyalarga jalb qilish layoqatini talab qiladi, bu esa uni tarmoqdagi
turli hamjamiyatlar
ishtirokchisiga aylantiradi. Axborot makonida harakatlana olish layoqati zarur ko’nikmaga
aylanmoqda.
OAV va jurnalistika MAS sohasidagi ikkita yo’nalish bo’yicha yonma-yon
harakatlanmoqda: • birinchisi — bu jurnalistlarning MAS bo’yicha
kompetensiyasini oshirish
uchun resurslarni rivojlantirishga yo’naltirilgan faol choralar,
loyihalarni amalga oshirish; •
ikkinchisi — bu OAV vositasida MASni ommalashtirish, auditoriyani axborotni iste’mol
qilishda tahlil va tanqidiy fikrlashdan xabardor etish.