2-mavzu. Menejmentning nazariy asoslari



Yüklə 80,86 Kb.
səhifə1/7
tarix15.06.2023
ölçüsü80,86 Kb.
#117381
  1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU. MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI


2-MAVZU. MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

2.1. Boshqaruv va menejment


2.2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
2.3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
2.4. Boshqaruv usullari
Tayanch iboralar: boshqaruv , ilmiy yondoshuv, vaziyatli yondashuv, tizimli yondashuv, usullar, iqtisodiy usul, ijtimoiy-ruxiy usul, tashkiliy-farmoyish usuli



    1. 2.1. Boshqaruv va menejment


Menejment (ing. management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo’yicha, ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi amaliy faoliyat;

  • boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vosita- lari va shakllarining majmuasi;

  • mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aktsiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

“Menejment” tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o’zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo’lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo’ladilar.
SHunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo’llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va publik admiristration – ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun “tashkil qilish”, “tartibga solish”, “boshqarish” va “ma’muriy boshqarish” atamalarini qo’llash kerak. SHunga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o’z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.
Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda “boshqaruv” atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan “menejment” ma’nosida ham qo’llaniladi.
Masalan, boshqaruv tizimini barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat yuritishning ta’minlovchi boshqaruv nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar, tamoyillar va usullarni ishlab chiqish menejmentning fan sifatidagi maqsadi bo’ladi.
SHuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo’li bilan erishishdan iboratdir
Moliyaviy menejment – bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga moliyaviy ko’rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydala- nishning samaradorligi ko’rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.
Innovatsion menejment – bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o’z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo’nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenti – savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo’ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo’nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.
Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo’lgan. G’arbning ilg’or mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, menejment oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rolь ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va SHvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSH -9, Frantsiya – 12, Italiya – 14, Buyuk Britaniya -16 o’rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko’tarilish xos bo’lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvanь yetakchilik qilmoqdalar.



Yüklə 80,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə