3- laboratoriya ishi. Fermentlar xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Reja:
1.
Qattiq oziqa sirtida o‘stirish usuli.
2.
Ekish materialini olish.
3.
Produsent -kulüturalarni o‘stirish.
4.
Kulüturani quritish.
5.
Suyuq oziqa muxitida o‘stirish usuli.
Fermentlar (enzimlar) - xilma-xil biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni
amalga oshiruvchi
oqsil tabiatiga ega bo‘lgan biokatalizatorlardir.
Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar, turli xil soxadagi amaliy faoliyatlarida
keng foydalanib kelishmoqda. Fermentlar manbai xayvon to‘qimalari, o‘simliklar xujayralari va
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Xozirgi zamonda ikki mingdan
ortiq fermentlar borligi
aniqlangan, ulardan bir necha yuztasi aloxida modda sifatida toza holda ajratib olingan.
Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida aloxida qiziqish uyg‘otadi,
chunki ular arzon muxitda tez o‘sadilar. Ishlatiladigan ozuqa tarkibiga qarab, kerakli fermentni,
xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. Buning ustiga ko‘pgina
mikroorganizmlar
fermentlarni o‘z xujayra qobiqlaridan tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan
yanada faolroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Metabolizmning katta intensivligidan tashqari mikroorganizmlar biomassasini o‘sish
tezligi
juda kattadir. Bu qisqa vaqt orliqida ayrim vaqtlari 24-72 soat ichida ferment ajratish uchun juda
katta miqdorda xam-ashyo olish mumkin, uni xayvon va o‘simlik xom ashyolari bilan solishtirib
bo‘lmaydi.
Ko‘plab mikroorganizmlarning muxim xususiyatlaridan yana biri ular ozuqa sifatida xar xil
chiqindilardan foydalanib o‘sish qobiliyatiga egadirlar (sellyuloza, neft uglevodorodlari, metan,
metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar foydalana oladigan
ayrim xom-ashyolar odam va
xayvonlar uchun zaxarlidir. SHunday ekan mikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir
qatorda, atrof-muxit muxofazasi uchun xam xizmat qiladilar.
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar xujayrasida juda yuqori bo‘lishi
mumkin. Masalan: ribulezobisfosfatkarboksilazaning miqdori ayrim vaqtlarda fototrof
bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-60% ni tashkil etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘p mikroorganizmlar katta
miqdorda kulütural muxitga
chiqadigan fermentlar Hosil bo’lgan qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal, sellyuloza,
yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan gidrolazalarga ta’luqlidir. Bir
qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina uchraydi. Molekula
xolidagi azotdan ammiak
hosil bo’lgan qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega
bo‘lgan bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan.
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning anorganik substratlarni:
ammiakni, nitritlarni, sulüfid va oltingugurtni boshqa birikmalarini, va shunga o‘xshash ikki
valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda
aloxida fermentlarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv o‘tlari
molekula xolidagi vodorod Hosil bo’lgan qilishi xamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib
boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.
Ko‘pchilik
bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod oksidini va
boshqa bir xil uglerodli birikmalardan
substrat sifatida foydalanib, o‘sish va rivojlanishga
yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Atrof muxitni, uni ifloslantiruvchi bir
qancha moddalardan tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar xisobiga amalga
oshiriladi,
ular plastmassa, pestisidlarni va boshqa zaxarli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy
qismga parchalab yuboradilar.