3- laboratoriya ishi. Fermentlar xalq xo’jaligidagi ahamiyati Reja


pH ko0‘rsatkichi uni tayyorlash vaqtida va sterilizasiyasidan keyin nazorat qilinadi.  Qattiq oziqa muhitida istirish



Yüklə 381,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix19.10.2023
ölçüsü381,01 Kb.
#128056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
pH
ko0‘rsatkichi uni tayyorlash vaqtida va sterilizasiyasidan keyin nazorat qilinadi. 
Qattiq oziqa muhitida istirish
Produsentlarni o‘stirish jarayoni sovitilgan steril oziqa muxitiga ekish materialini sepishdan 
boshlanadi. Davriy sterilizasiya sharoitida ekishni odatda sterilazatorning o‘zida uzliksiz 
aralashtirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Uzliksiz sterilizasiya qilish sharoitida esa oziqaga ekish 
sterilazatorning sovitish bo‘limida amalga oshiriladi va ekilgan oziqa muxiti kulütura bilan 
birgalikda o‘stirish sexiga yuboriladi. 
Kulüturalarning qattiq oziqa muxiti sirtida o‘stirish jarayonini xar xil usullar bilan bajarish 
mumkin. Kyuvetalarga ekib o‘stirish ananaviy usul xisoblanib, ko‘p qo‘l mexnatini va ko‘p ishlab 


chiqarish maydonini talab qiladi. Produsentlarni mexanizasiyalashgan qurilmalarda o‘stirish 
birmuncha yangi usul bo‘lib xisoblanadi. 
Kyuvetali o‘stirish usulining elementar yacheykasi bo‘lib oddiy ruxlangan temir tunikadan 
yasalgan usti ochiq yoki yopiq va balandligi 20-50 mm li 0,25-0,50 m
2
maydonga ega bo‘lgan 
idish tashkil qiladi. Bu idishning tag qismi teshikli yoki teshiksiz bo‘ladi. 
Kyuvetalarga 2-2,5 sm qalinlikda namlangan, ekilgan oziqa muxiti solinadi va u o‘stirish 
xonasiga yuboriladi. Bu erda kyuvetalar xarakatlanuvchan yoki stasionar uskunalarda bir necha 
qavatli qilib teriladi. Xar bir qavat orasi 10-11 sm bo‘ladi. Odatda bu qavatlar soni 18 ta atrofida 
bo‘lib, umumiy bo‘yi 2 m dan oshmasligi kerak. Birinchi kyuveta poldpn 20-25 sm balanlikda 
o‘rnatiladi. Hamma temir uskunalar karroziyaga qarshi material bilan qoplangan bo‘lishi lozim. 
Kyuvetalarni o‘stirish xonasiga bo‘shatishda ular formalin bilan dizenfeksiya qilinadi. O‘stirish 
xonalari xar xil shakl va ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ular uzun ensiz ikki tomoniga 
eshik o‘rnatilgan yo‘lak shaklida bo‘ladi. O‘stirish xonasi tepasida havo xaydash va Havoni 
tozalash moslamalari o‘rnatiladi. O‘stirish xonalarida olib boriladigan butun texnologik jarayonlar 
36-90 soat davom etadi. 
Mexanizasiyalashgan o‘stirish qurilmalarini yaratishning imkoniyatlari oziqa muxiti 
qavatlarining orasida Havoning yaxshi aylanishi, zichlashib qolmasligi yoki tezda qurib 
qolmasligi kabi talablar bilan cheklangan. SHu bilan birga ularni shunday qurish kerakki, agarda 
o‘stirilayotgan mikroorganizmlar ifloslanib qolsa, o‘stirish tizimini to‘xtatmasdan shu erdagi 
ifloslangan oziqa muxitlarini bemalol almashtirish va sterilizasiya qilish imkoniyatitlari bo‘lishi 
kerak. Bunday nisbatan yaxshi qurilmalarga Djeffris, Xristensen, Anderkofler, Valershteyn, 
chexoslovakiya va VNIIFS, VNII biotexnika va boshqalar ishlab chiqargan uskunalarni kiritish 
mumkin. 
Djeffris va Xristensen qurilmalari tuzilishi jixatidan bir-birlaridan sal farq qilsada, ishlash 
mexanizmi xarakatlanuvchan tasma yoki transporterga asoslangan va xar bir o‘stirish jarayoni 
to‘liq bajariladi. Lekin bu qurilmalarda ifloslanish xodisasi ruy bersa butun boshli tizimni 
to‘xtatish va xamma qismlarini sterilizasiya qilish kerak bo‘ladi. 
Mikroorganizmlarni mexanizasiyalashgan o‘stirishning Anderkofler, Valershteyn va 
chexoslovakiya qurilmalarida o‘stirishni uzliksiz olib borish, xar bir qism va jixozlarni aloxida 
sterilizasiya qilish mumkin va ifloslanish jarayonida butun tizimni to‘xtatish shart emas. Ularning 
samaradorligi sutkasiga 0,4 t. dan 10 t. gacha bo‘lishi kuzatilgan. 

Yüklə 381,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə