3d studio max dasturi



Yüklə 120,39 Kb.
səhifə1/17
tarix22.03.2024
ölçüsü120,39 Kb.
#181134
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3DS-MAX dasturida sohaga oid ob’ektlari modellashtirish






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI.
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

Axborot texnologiyalari kafedrasi
Matematika va informatika yo’nalishi

Kompyuter grafikasi va web-dizayn
fanidan


KURS ISHI
Mavzu: 3DS-MAX dasturida sohaga oid ob’ektlari modellashtirish

Bajardi: Qulboyeva Dilfuza


Tekshirdi:Saidahmedov Eldor

M U N D A R I J A
Kirish_________________________________________________________3
I bob. 3D Studio MAX dasturi haqida umumiy tushunchalar
3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha ___________________________6
1.1 Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot_________________________6
1.2 3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari________________________9
II bob. 3D Studio Max dasturida ob’yektlar bilan ishlash
2.1. 3D Studio Max dasturida ob’yektlar yaratish______________________15
2.2. Yorug’lik manbalarini yaratish_________________________________19
2.3. Berilgan yo’l bo’yicha harakat_________________________________24
Xulosa________________________________________________________31
Foydalanilgan adabiyotlar________________________________________32


Kirish


Bizga ma’lumki o’quvchi ko’rish sezgisi orqali, eshitish sezgisiga nisbatan ko’proq axborotni qabul qiladi va uning mazmunini, tub mohiyatini yaqqol ko’ra oladi. Bu esa o’z navbatida ustoz-pedagoglarning bironbir elementni og’zaki tushuntirishdan ko’ra, uni ko’rgazmali namoyish etish usuli bilan ma’lumotni o’quvchining ongiga oson va tez yetkazish usul hamda yo’llarini qidirib topishlariga undaydi.
Butun dunyoda axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minotlarining gurkirab riovojlanib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shaxsiy kompuyuterlar qamrab olmagan sohalarning o’zi qolmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Kompyuter grafikasi elementlari ham xalq xo’jaligining barcha sahalarda keng qo’llanilmoqda. Uch o’lchovli grafika ilmiy tekshirish institutlarida, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob’ektlarning kompyuter modellarini qurishda, reklamalarda, arxitektura-loyihalash ishlarida, tasviriy san’atda, televideniyada va dizaynerlik ishlarida keng qo’llaniladi. Uch o’lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo’nalishdir. Uch o’lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob’ektlar va kameralarni ko’chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo’lishi kerak. Bu yerda foydalanuvchilar shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, ob’ektlarni modellashtirish, animanamoyish tog’risida ma’lumotlarni hosil qilishni va shu kabilarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Oxirgi yillarda an’anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o’lchovli 3D modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko’p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX grafik paketidir. Chunki u bir tomondan 2D va 3D vektorli ob’ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. Bunday muammolarni hozirgi kunda hayotga bevosita tadbiq etishda, bir qator olimlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Yüklə 120,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə