3d studio max dasturi


Kurs ishining amaliy ahamiyati



Yüklə 120,39 Kb.
səhifə3/17
tarix22.03.2024
ölçüsü120,39 Kb.
#181134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3DS-MAX dasturida sohaga oid ob’ektlari modellashtirish

Kurs ishining amaliy ahamiyati: bitiruv ishi natijalaridan va xulosalaridan kompyuter grafikasi bilan shug’ullanuvchi oliy o’quv yurtlari, kollej, litsey va umumta’lim maktablari talabalari va o’quvchilari hamda o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi ob’ekti: Oliy ta’lim muassasalarining kompyuter kursini o’qitish metodikasi asosida olib borildi.
Kurs ishi predmeti: Kompyuter grafikasi fanidan kompyuterning tanlab olingan 3Ds MAX dasturida elektron didaktik ishlanmalar tayyorlash uslubiyoti ishlab chiqiladi.
KURS ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan tashkil topgan.

I bob. 3D Studio MAX dasturi haqida umumiy tushunchalar
1.1. 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha
3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin.
Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi.
Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko’rinishida komp’yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.

Yüklə 120,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə