5-MA’RUZA. BARG. BARGNING VAZIFASI. BARGNING ANATOMIK VA MORFOLOGIK
TUZILISHI
Reja
1.
Bargning tuzilishi va vazifalari.
2. Bargning rivojlanishi (ontogenezi).
3. Bargning ichki tuzilishi.
4. Barg metamorfozi
Tayanch so’zlar:
barg bandi, yaprog’i, yonbarglar, fotosintez (yorug’lik,
o’shish), transpiratsiya (orqali, nafas chiqarish), epiderma, mezofil (o’rta, et qism),
gipoderma (ost tomonidan, po’st), polisad (ustunsimon parenxima), bulutsimon
to’qimalar, dorzaventeral, izolaterial.
Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan. Barg
poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining
rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib,
uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg
quyidagi funksiyalarni bajaradi. Fotosintez,
gazlar almashinuvi, suv bug‘latish,
zahira oziq moddalarni saqlash, (karam, piyoz), himoya vazifasi (tikanaklar),
vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi(yapon binafshasi, begoniya). Bulardan
tashqari, uning shakl o’zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash
(karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va
vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham
bajarish
mumkin. Odatdagi tuzilishli to’liq barg, barg yaproq’i, barg bandi va
yonbargchalardan tashkil tongan.
Barg yapog’ining shakli niqoyatda xilma - xildir, u dumaloq , tuxumsimon,
nashtarsimon,
uchburchak, buyraksimon, o’qyoysimon, ninasimon, tasmansimon,
teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi
mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko’ra tekis qirrali barg va o’yiqli
barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli
barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi. Barg
yaproqining chekka qirralarining shakliga qo’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy
tishsimon yoki qo’sh tishsimon; arrasimon yoki qo’sh arrasimon, to’garaksimon,
oysimon. Barg tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda
barg bandida faqat bitta barg bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham
oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda
barglar birnecha sondagi
yaproqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga
birikkan bo’ladi.
Barglar kyrtigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan,
bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi. Turli o’simlik
barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir -
birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo’lakli (o’rmalovchi,
ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda)
barglarda ajratiladi.Yaproqlarining soni va joylashish xarakteriga ko’ra uch bargli
panjasimon va patsimon murakkab barglar farq qilinadi. Barg yaprog’ida tomirlar
turli shaklda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda),
dixotomik (ginko bargi), parallel, yoysimon va to’rsimon tomirlanishlar farq
qilinadi. To’rsimon tomirlanishning patsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon
(zarangda) ko’rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir
pallali o’simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o’simliklarda esa ko’pincha
patsimon, panjasimon yoki to’rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi
suv va unda yerigan mineral hamda oziq moddalarni
poyadan barglarga yoki
aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari u bargga
tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta'sirlardan (yomg’ir, do’l va
boshqalardan) muhofaza qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday
barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tollarda)
bo’lishi mumkin. Barg bandi mexanik tayanch vazifasini bajarishdan tashqari
interkalyar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg yaprog’ini yorug’likka
to’g’irlab turadi. Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar
bo’ladi. Bu o’simtalar
yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va
vazifalari turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar
tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko’rinishlarda uchraydi.