8-ma’ruza. Qishloq xo`jaligida raqamli texnologiyalar reja Raqamli texnologiya haqida tushuncha



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#143940
  1   2
8-MA\'RUZA


8-MA’RUZA. QISHLOQ XO`JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Reja

  1. Raqamli texnologiya haqida tushuncha

  2. Raqamli mahsulotlar eksporti va importining o`ziga xos xususiyatlari

  3. Raqamli distributsiya usullari



Tayanch iboralar: raqamli mahsulot, raqamli distributsya, moddiy tashuvchilar,

Vazirlar Mahkamasining 16.08.2018 yildagi 670-son qarori bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.


Ushbu Nizomning amal qilishi raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlarni amalga oshiradigan O‘zbekistonning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tatbiq etiladi.
Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
raqamli mahsulotlar – intellektual mulk obyektlarining elektron nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlar yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan «bulutli texnologiyalar» xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lish xizmatlari (raqamli xizmatlar);
raqamli distributsiya  raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan butunjahon Internet tarmog`i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna bo‘lish.
Raqamli mahsulotlar bo`yicha bitimlarni raqamli distributsiya usullari orqali hujjatli tasdiqlash
Bunday bitimlar elektron cheklar, raqamli mahsulotga bo`lgan huquqni sotib olish kvitansiyalari, xo`jalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari (javobgar shaxs hisoboti, bank ko`chirmasi, buxgalteriya ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Yuridik shaxsga bunday bitimlar bo‘yicha bir tomonlama tartibda, ya’ni ushbu hujjatlarga kontragent mas’ul shaxslarining imzosisiz birlamchi hujjatlar hisobini yuritish huquqi berildi. Ko`rsatilgan birlamchi hujjatlarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
oferta, litsenziya shartnomasining elektron nusxalari; invoys, schyot-faktura yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjat nusxalari; elektron to`lov tizimlaridagi tranzaksiyalar skrinshoti, raqamli tovarni sotib olish to‘g‘risidagi veb-saytdan log-hisobotlar. 

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə