9-ma’ruza. Sаnоаtda polimerlarni olish usullаri reja



Yüklə 40,22 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü40,22 Kb.
#147723
  1   2   3
9-mavzu-1-qism


9-MA’RUZA. SАNОАTDA POLIMERLARNI OLISH USULLАRI
REJA
1. Massada yiki blokda polimerlanish
2. Eritmada, emul’siyada va qattiq fazada polimerlanish
3. Monomerlarni suyuqlantirilgan xolatda polikondensatlash
4. Eritmada, fazalararo va qattiq fazada polikondensatlanish


Tayanch iboralar: massada polimerlanish, blokda polimerlanish, eritmada, emul’siyada va qattiq fazada polimerlanish, monomer suyuqlanmasida polikondensatlanish, fazalararo sirtda polikondensatlanish, qattiq fazada polikondensatlanish.
Polimerlanishning amaliy usullari
Massada yoki blokda polimerlanish - erituvchi ishtirokisiz monomerlarni polimerlashdir. Monomer ma`lum bloklarda initsiatort ishtirokida, ba`zida initsiatorsiz ham polimerga aylantiriladi. Bunday sharoitda polimerlanayotgan sistemaning qovushqoqligi ortib boradi, issiqlikni tarqalishi qiyinlashib boradi, natijada polimerlanish muhitining turli joylarida reaktsiya xarorati o`zgarib boradi. SHuning uchun bu usulda olinadigan polimerlarning molekulyar massasi turlicha bo`lib, tarkibida qoldiq monomerlar ham bo`ladi.
Eritmada polimerlanish-ikki usulda olib boriladi. Birinchi usulda polimerlanish reaktsiyasi ham monomer, polimer eriydigan erituvchida olib boriladi. Reaktsiya natijasida polimerning tayyor eritmasi hosil bo`ladi. Bunday mahsulot to`g`ridan - to`g`ri ishlatilishi mumkin yoki undan polimer cho`ktirib olinadi. erituvchi parlatilib, polimerdan parda yoki mahsulot ajratib olish ham mumkin. Ikinchi usulda monomer eriydigan , lekin polimer erimaydigan suyuqlikda polimerlanish reaktsiyasi olib boriladi. Odatda polimer kukun holda ajralib chiqadi. Fil’trlanib, erituvchidan yuvib, polimer mahsuloti olinadi. eritmada polimerlanish olib borilganda haroratni boshqarish uncha qiyinchilik tug`dirmaydi, lekin polimerning molekulyar massasi uncha katta bo`lmaydi.
Emul’siyada polimerlanish eng ko`p tarqalgan usul bo`lib, nisbatan past xaroratda , katta tezlik bilan sodir bo`ladi. Dispersion muhit sifatida odatda suv olinadi, emul’gator vapzifasini turli sovunlar bajarishi mumkin. Polimerlanish reaktsiyasi monomer tomchisi bilan suv orasida, sovundan hosil bo`lgan mitsellalarda, monomer tomchilarida borishi mumkin.
Qattiq fazada polimerlanish - qattiq xoldagi monomerlarni suyuqlanish haroratlari yaqinida yoki past xaroratda qattiq xolatga o`tgan monomerlarni suyuqlanish xaroratlarida, xattoki, undan past xaroratlarda olib boriladi.

Yüklə 40,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə