Aprel fuqarolar Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining kafolatlanishi



Yüklə 498,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.06.2023
ölçüsü498,97 Kb.
#119032
  1   2
Tafakkur Manzili-2023-APREL-1-qism-256-258 (12)



256 
2023 APREL 
Fuqarolar Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining kafolatlanishi 
Andijon davlat universiteti 
MG’MAHT yo’nalishi 3-bosqich talabasi 
Mirzarayimova Zebiniso Mansurbek qizi 
Annotatsiya: 
Maqolada O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkinliklari, huquq va 
majburiyatlarining qonuniy asoslari aks etgan. 
Kalit so’zlar: 
Konstitutsiya, fuqarolar, huquq, erkinlik, burch, majburiyat. 

O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyati tarkibida insoniyat ma’rifiy taraqqiyotining 


uchinchi ming yilligiga qadam qo’ydi. Yorug’ istiqbolga intilayotgan xalqimizning xohish-
istagi – adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish. Mazkur 
maqsad yo’lida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlar o’zining 
sezilarli samarasini bermoqda. Mustaqillik yillari mobaynida bo’lajak yangi davlatchilik va 
demokratik ijtimoiy-siyosiy tuzumning mustahkam huquqiy zamini bo’lgan bir qator 
qonunlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yaratildi. Bugungi kunda 
Asosiy qonunimiz istiqlolning buyuk ne’mati, yorqin timsoli sifatida jamiyatimizning har 
bir a’zosi dilidan teran joy oldi; har bir fuqaro e’zozlovchi mo’tabar ijtimoiy -huquqiy 
qadriyatga aylandi. 
Konstitutsiyada e’tirof etilganidek, O’zbekiston Respublikasi suveren demokratik 
davlatdir. U o’z mohiyatiga ko’ra, xalq manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar va inson haq-
huquqlarini qonun asosida kafolatlaydi. Demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplari siyosiy 
hokimiyat faoliyatining asoslarini tashkil etadi. 
Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining o’zagi, shuningdek, davlatning Asosiy qonuni 
sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi, chunki konstitutsiyada 
xalqning oliy irodasi o’zining qonuniy ifodasi va muxtasar bayonini topadi. 
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi mamlakat huquq tizimining 
yetakchi sohasidir. U hokimiyat bilan shaxsning o’zaro munosabatlarini, davlat idoralari 
tizimining faoliyat yuritishini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquqiy maqomini , 
shuningdek, jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari holatini belgilovchi huquqiy normalar 
yig’indisidir.
45
Mustaqil davlatning asosiy vazifalaridan biri o’z fuqarolarining demokratik huquq va 
erkinliklarini ta’minlash va uni qo’riqlashdir. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida o’zining huquqiy ifodasini topgan. Uning X bobi “Inson huquqlari va 
erkinliklarining kafolatlari”ga bag’ishlangan bo’lib, 43-moddasida: “Davlat fuqarolarining 
45
U.Tadjixanov.,X.Odilqoriyev.,A.Saidov.O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy huquqi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh 
tahririyati.T.:2001.3-b. 



Yüklə 498,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə