Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili



Yüklə 136,52 Kb.
səhifə1/8
tarix05.10.2023
ölçüsü136,52 Kb.
#125442
  1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili


MUNDARIJA
Kirish ……………………………………………………………………………...3


Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili …………………….4
1.1. Makroiqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari………………………….4
1.2. Asosiy makroiqtisodiy modellarning mazmuni va mohiyati …….……………5
1.3. Doiraviy oqimlar (aylanishlar)modeli ………………………………………..7
1.4. Yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli …………………………………..9
1.5. Tovarlar miqdori va pul massasi (IS-LM) modeli ……………...……………10



KIRISH
Bozor iqtisodiyoti, ayniqsa vaqtinchalik yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, bashoratlash va boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda hamda ularni amaliyotga joriy etishda makroiqtisodiy modellardan foydalanish muhim o’rin tutadi. Jumladan, ko’p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarida tarmoqlararo munosabatlarni modellarini qo’llash, tarmoqlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni samaradorligini aniqlash imkonini beradi.
Raqobarbardosh bozor sharoitida iste’molchilarning o’z daromad va jamg’armalariga qarab iste’mol uchun tayyor maxsulot yoki ishlab chiqarish uchun xomashyo maxsulotlarini tanlash holati yuzaga keladi.
Bunday sharoitda is’te’mol tanlovi modellaridan foydalanish tanlovni samarali o’tkazish masalalarini yechishda yordam bersa, iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillardan birining o’zgarishi natijasida uning o’zgarish darajasini aniqlashda elastik nazariyani qo’llash yordamida moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste’molni o’rganish hamda iqtisodiyotda optimallashtirish masalalari yechiladi.
Barcha iqtisodiy tadqiqotlar iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish natijasida amalga oshiriladi. O’zaro bog’lanishlarni tasavvur va tahlil qilish asosini esa iqtisodiy – statistik usullar va ekonometrik modellar tashkil etadi. Bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modelllaridan inflyatsiyani jilovlashda, muomaladagi pul miqdorini muvozanatda saqlab turishda va eng muhimi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda keng foydalaniladi va bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modellari bu jarayonlarni amalga oshirishda “yo’l xaritasi” sifatida namoyon bo’ladi.
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli bir gap paydo bo‘ldi.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Keneasarlarida uchraydi.
Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin.



Yüklə 136,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə