Atrof muhitning ifloslanishi global ekologik muammo



Yüklə 5,23 Mb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü5,23 Mb.
#128603
  1   2   3   4
1-variant 2chisi ekologiya

  • ATROF MUHITNING IFLOSLANISHI — GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO.
  • Reja:
  • 1.Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari.
  • 2.Ozon havo muhitining ifloslanishi.
  • 3. Suv muhiti va uning ifloslanishi.
  • 4.Litosferadagi o’zgarishlar- tuproqlarning ifloslanishi.
  • 5.Biosfera o’zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi.
  • Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan. O'zini o'zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.
  • Yuqoridagilardan tashqari, qayd etish joizki, o'tgan bir necha ming yilliklarda mehnat qurollari va turli sohalarda ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham hozirgidek, texnik jihatdan murakkab, ayniqsa, unchalik ko'p ham bo'lmagan. Demak, tabiiy muhit va hayotiy manbalarga kuchli ta'sir o'tkazilmagan, desa bo'ladi. Atrof-muhit va tabiatga ta'sir so'nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda kuchayganligi, asosan, fan-texnika misli ko'rilmagan yuqori darajada bo'lganligidir.
  • Yer yuzida odamlar sonining jadallik bilan ortishi, shu bilan birga, ayniqsa, texnik taraqqiyot natijasida atrof-muhit va Yer tabiatida chuqur ekologik o'zgarishlar amalga oshdi. Ma'lumotlarga qaraganda, 1000 yil oldin jami odamzod Yer yuzida atigi bir necha yuz million kishinigina tashkil etgan, XX asr boshiga kelib, 1,5 mlrd dan sal ortiqroq bo'lgan. So'ngra demografik o'sish nihoyatda kuchaygan (Demografiya - aholishunoslik fan sohasi). Fikrimiz isboti uchun ta'kidlash mumkin: 1940 yilda butun dunyoda odamlar soni 2,3 mlrd, 1980 yili - 4,4 mlrd va 2000 yilga kelib esa, 6 mlrd kishidan ortib ketgan.
  • O'tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida amalda keng qo'Uanila boshlandi ham. Buning negizida, so'zsiz - cheksiz ko'payib borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini to'laroq qondirish zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli barcha modda, mahsulot va materiallar faqat tabiiy manbalardan beayov foydalanish hisobigagina olina boshlandi: o'rmonlar qirqildi, bo'sh yotgan quraq Yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun o'zlashtirildi, ko'plab suv omborlari tashkil qilindi, turli-tuman yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib olinib, qayta ishlana boshlandi va hokazo. Xullas, dunyo miqyosida har xil sanoat korxonalari, texnika — transport vositalari, energetika inshootlari faoliyat ko'rsata boshladi.
  • Ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda - mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi. Quyida Yerdagi 4 asosiy hayotiy muhitlar misolida, shu haqda ma'lumot beriladi.
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə