Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi



Yüklə 5,57 Mb.
tarix22.12.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#153979
Barqaror taraqqiyotni ta\'minlashda globallashuvning ahamiyati slayt

  • Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi.
  • Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geosentrik yondashuvlar geliosentrik yondashuvlarga o'rin bo'shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g’ri talqin qilishga muvaffaq bo'ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to'planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo'ldi. So'nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o'zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o'zgartirdi.
  • Er kurrasi shar (globus) ko'rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o'z tarixida birinchi bo'lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdilar va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldilar. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi.
  • 1970-yillardan globallashuv o'z rivojlanishining yangi bosqichiga ko'tarildi va serqirra tus oldi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi mazkur bosqichga xos xususiyat hisoblanadi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo'ldi.
  • Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko'p sonli sa'y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta'sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo'lishiga olib keldi. Kengroq ma'noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo'llaniladi.
  • Globalistika mustaqil ilmiy yo'nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida 1960-yillarning oxirlaridan e'tiboran shakllana boshladi, lekin uning paydo bo'lishi uchun obyektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
  • MAFKURAVIY JAROYON TUSHUNCHASI
  • 2. Millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, manaviy – madaniy rivojlanishidagi barqarorliq, ular manfaatlaridagi o’ziga xosliqni mutlaqlashtirish imkoniyatiga shu jumladan, o’z millatining kelajagiga xavf tug’diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda.
  • 1. Insoniyat sivilazatsiyasi tarixida erishilgan har qanday moddiy manaviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlarini tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib va universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda milliylik va umuminsoniylik tamoyillarning integratsiyalashuv jarayoni ko’chmoqda.
  • Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir biridan farq qiladigan ikki yo’nalish mavjud:
  • Jaxon axborot maydonining tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat urab-chirmab, uni uqima, buni kurma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan urab olish, xech shubxasiz, zamonning talabi xam, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam tugri kelmaydi.
  • Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat'iy maqsad qilib quyganmiz va bu yuldan xech qachon qaytmaymiz.
  • Mafkuraviy immunitet ( lotincha «immunitatis» - biror narsadan ozod etish) – shaxs, ijtimoiy gurux, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta'sirlardan ximoyalashga xizmat qiluvchi tuzum. Mafkuraviy immunitetning asosiy va birinchi elementi bilimdir.
  • Mafkuraviy immunitetning uziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin.
  • • Insonning umumiy immunitet tizimi tug’ma bo’lsa, mafkuraviy immunitet shakllantirib boriladi.
  • • U xar bir avlod uchun aloxida xususiyatga ega buladi.
  • • Immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlik ta'minlanadi.
  • Inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyokarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yunaltirilgan jarayon.
  • Xulosa qilib aytganda,O'zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi – xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot barpo etish yulidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining moxiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish va, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
  • I.Karimov. Hushyorlikka da'vat. O'zbekiton Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar., T.«O'zbekiton», 1999 y.
  • Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 2000 y.
  • Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.
  • U.Hayitov. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi.
  • I.A.KARIMOV, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. 2010,11,12
  • Ziyonet.com
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI:

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə