|
Badiiy tahlil asoslari
|
səhifə | 1/11 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 96,97 Kb. | | #181535 |
| BADIIY-TAHLIL-ASOSLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
|
“Tasdiqlayman”
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori_______ prof.Sh.S.Sharipov
“____________”___________2022 yil
|
BADIIY TAHLIL ASOSLARI
O‘QUV DASTURI
(magistratura, 1-kurslar uchun)
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Magistratura
mutaxassisligi: 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
Jizzax – 2022
Fan/modul kodi
BTINA1004
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
II
|
ECTS - Kreditlar
IV
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Badiiy tahlilning ilmiy nazariy asoslari
|
Ma’ruza-30
Amaliy-30
|
60
|
120
|
2.
|
Kirish
“Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” kursi bo‘yicha tuzilgan mazkur dastur Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti 5A111201 - o‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi talabalarini o‘qitish uchun mo‘ljallangan. Unda bo‘lajak filologlarning badiiy asar ustida aniq nazariy bilimlar asosida ishlay bilish ko‘nikmalarini shakllantirish, badiiy asar tahlili asoslari, badiiy matnga yondashuvlarning tadrijiy rivoji bo‘yicha nazariy bilimlar berib borishi ko‘zda tutilgan.
“Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” o‘quv kursi bo‘lajak mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o‘rgatish omilidir. Dunyoning ko‘pgina universitetlarining filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy tahlil" yoki “Hermenevtika” alohida predmet sifatida o‘rganilayotir. Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo‘lmaslik oliy filologik ta’limni samarasiz qiladi. O‘zbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyotshunosligi darajasidan orqadaligi, hermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini o‘zlashtirmaganlik oqibatidir.
San’at inson evristik faoliyatining eng oliy ko‘rinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma’naviyatini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadigan vositadir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot o‘quvchi tomonidan o‘qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik ma’naviyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta’lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yo‘llarini puxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Demak, ushbu kursni o‘qitish bugungi kun filologiya ta'limida g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|