Binar fayllarga



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü1,62 Mb.
#183555
  1   2   3   4   5
binar fayl

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Binar

C++ da dasturlash asoslari Page 1 of 6

Binar fayllarga oid masalalar

Faylni yaratish, uning elementlarini kiritish va chiqarish.

File1. S satr berilgan. Agar S faylning mumkin bo’lgan nomi bo’lsa, u holda shu nomdagi bo’sh fayl hosil qilinsin va TRUE chop qilinsin. Agar S nomdagi faylni yaratish mumkin bo’lmasa u holda FALSE chop qilinsin.

File2. Fayl nomi va N butun soni berilgan (N > 1). Berilgan nomdagi fayl hosil qilinsin va unga N ta birinchi musbat juft sonlari chop qilinsin (2, 4, …).

File3. Fayl nomi va A va D haqiqiy sonlar berilgan. Shu nomdagi fayl hosil qilinsin va unga A boshlang’ich hadi va D farqiga ega bo’lgan arifmetik progressiyaning birinchi 10 ta hadi yozilsin.
A, A+D, A+2*D, A+3*D, ….

File4. 4 ta faylning nomi berilgan. Shu fayllarning nechtasi joriy katalogda joylashgani aniqlansin.

File5. Butun sonlar fayli berilgan. Shu fayl tarkibiga kiruvchi elementlar soni aniqlansin. Agar bunday fayl mavjud bo’lmasa u holda -1 chop qilinsin.

File6. Manfiy bo’lmagan butun sonlardan iborat fayl va K soni berilgan (K butun). Faylning K -elementi chop qilinsin (elementlar 1 dan boshlab nomerlanadi). Agar bunday element mavjud bo’lmasa, (-1) chop qilinsin.

File7. Elementlari soni 4 dan ko’p bo’lgan butun sonlar iborat fayl berilgan. Ushbu faylning birinchi, ikkinchi, oxirgi va oxiridan bitta oldingi elementlari chop qilinsin.

File8. Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllarning birinchisi bo’sh bo’lmagani ma’lum va ikkinchisi joriy katalogda mavjud emas. Mavjud bo’lmagan fayl yaratilsin va mavjud bo’lgan faylning birinchi va oxirgi elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda).

File9. Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllardan biri (birinchisi bo’lishi shart emas) bo’sh bo’lmagani ma’lum va boshqasi esa joriy katalogda mavjud emas. Mavjud bo’lmagan fayl yaratilsin va mavjud bo’lgan faylning birinchi va oxirgi elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda).

File10. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl elementlarini teskari tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.

File11. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ularning biriga boshlang’ich faylning toq nomerdagi elementlarini (1, 3,…), ikkinchisi esa juft nomerdagi elementlarini (2, 4…) saqlovchi programma tuzilsin.

File12. Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ulardan birinchisi boshlang’ich faylning juft sonlarini, ikkinchisi esa toq sonlarini o’zida saqlasin. Agar boshlang’ich faylda juft yoki toq sonlar mavjud bo’lmasa u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

File13. Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ularning birinchisi boshlang’ich faylning musbat sonlaridan (teskari tartibda), ikkinchisi esa manfiy sonlaridan (teskari tartibda) iborat bo’sin. Agar boshlang’ich faylning manfiy yoki musbat sonlari mavjud bo’lmasa u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

File14. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayl elementlarining o’rta arifmetigi topilsin.

File15. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu faylning juft nomerdagi elementlari yig’indisi hisoblansin.

File16. Butun sonlar fayli berilgan. Shu fayl tarkibiga kiruvchi seriyalar soni topilsin Seriya deb, ketma ket kelgan bir hil elementlar guruhida aytiladi. Masalan, 1, 5, 5, 5, 4, 4, 5 elementga ega bo’lgan fayl uchun natija 4.

ebook:file.html 25/12/2023

C++ da dasturlash asoslari Page 2 of 6

File17. Butun sonlar fayli berilgan. Boshlang’ich faylning barcha seriyalari uzunligiga ega bo’lgan yangi butun sonlar fayli hosil qilinsin Seriya deb, ketma ket kelgan bir hil elementlar guruhida aytiladi. Seriya uzunligi esa, bu elementlar soni. (seriya uzunligi 1 bo’lishi mumkin). Masalan, 1,5,5,5,4,4,5 elementlariga ega bo’lgan boshlang’ich faylni elementlarini orqali yaratilgan yangi fayl tarkibi 1, 3, 2, 1 bo’ladi.

File18. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu faylning birinchi lokal minimumi topilsin. (lokal minimum deb o’z qo’shnilaridan kichik bo’lgan elementga aytiladi).

File19. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu faylning birinchi lokal maksimumi topilsin. (lokal maksimum deb o’z qo’shnilaridan katta bo’lgan elementga aytiladi).

File20. Haqiqy sonlar fayli berilgan. Shu fayldagi umumiy lokal ekstremumlari soni topilsin. ( Ya’ni lokal minimumlar va lokal maksimumlarning umumiy soni. lokal minimum va lokal maksimumlarni aniqlash File18 va File19 masalalarda berilgan).

File21. Haqiqy sonlar fayli berilgan. Boshlang’ich faylning barcha lokal maksimumlarining nomerlarini o’sish tartibida joylashgan holda saqlovchi yangi butun sonlar fayli hosil qilinsin. (lokal maksimumni aniqlash File19 masalada berilgan).

File22. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Boshlang’ich faylning barcha lokal ekstremumlarining nomerlarini kamayish tartibida joylashgan holda saqlovchi yangi butun sonlar fayli hosil qilinsin. ( lokal ekstremumni aniqlash File20 masalada berilgan).

File23. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Boshlang’ich faylning kamayib boruvchi elementlar ketma-ketliklari uzunligiga ega bo’lgan yangi butun sonlar fayli hosil qilinsin. Masalan, 1.7, 4.5, 3.4, 2.2 elementlariga ega bo’lgan boshlang’ich fayl uchun natijaviy yaratilgan fayl tarkibi quyidagicha bo’ladi: 3, 2.

File24. Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Boshlang’ich fayl elementlarining barcha monoton ketma-ketliklariga ega bo’lgan yangi butun sonlar fayli hosil qilinsin. Masalan, 1.7, 4.5, 3.4, 2.2, 8.5, 1.2 elementlariga ega bo’lgan boshlang’ich fayl uchun yaratilgan natijaviy fayl tarkibi quyidagicha bo’ladi: 2, 3, 2, 2.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə