Bozor va uning o`ziga xos tomonlari



Yüklə 32,18 Kb.
səhifə1/5
tarix24.06.2023
ölçüsü32,18 Kb.
#118816
  1   2   3   4   5
32956-bozor va uning o`ziga xos tomonlari


Bozor va uning o`ziga xos tomonlari

Reja:



Kirish

  1. Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot bosqichlari va turlari

  2. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari

  3. O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko`rinishi ko`rsatiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan.
Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.



  1. Yüklə 32,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə