Bozorboyeva Mohinur



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.05.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#88387
  1   2   3   4
207 BozorboyevaMohinur



A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 
Tarix fakulteti Tarix va uni o’qitish metodikasi 
yo’nalishi II bosqich 207-guruh talabalari 
Bozorboyeva 
Mohinur
ning Umumiy pedagogika fanidan 
tayyorlagan uslubiy qo’llanma.
Tayyorladi: Bozorboyeva Mohinur 
Tekshirdi: Jumanazarova Dilnoza 
JIZZAX-2022 



Imom al-Buxoriyning pedagogik g’oyalari
Tuzuvchi shaxslar: 
1.
Bozorboyeva Mohinur – Tarix fakulteti talabasi, 
Taqrizchilar:
1.
Mirzayev B. JDPI tarix va uni o’qitish metodika 
kafedra o’qituvchisi _________ 
2.
Toshboyev F. JDPI tarix va uni o’qitish 
metodika kafedra o’qituvchisi _________ 


Kirish: 
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-
ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, 
ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida 
saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish 
dolzarb masalalarga aylanmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi 
Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va 
allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi 
to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida 
“muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning 
muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining 
gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom 
dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom 
e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i 
hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri 
bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 
aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik 
majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday 
degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom 
Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit 
mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta 
ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida 
ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk 
zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”. 


Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-
ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima 
qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida 
saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga 
yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom 
Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom 
madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z 
yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” 
deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini 
hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish 
eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida 
Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom 
e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i 
hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon 
nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”. 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda (194-hijriy) 
Buxoro shahrida dunyoga kelib, bolalik chog‘laridanoq Buxorodagi yetuk 
allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo‘lib 
voyaga yetdi. Imom al-Buxoriy o‘n olti yoshida onasi va akasi Ahmad 
hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoldi va hadis ilmini 
o‘rganishda davom etdi. U yerdagi zabardast ulamolardan Payg‘ambarimiz 
sallolohu alayhi vasallamning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi Islom 
olamida mashhur bo‘lgan ilmiy markazlarga safar qildi, qishloq va shaharlarni 
kezdi, hadis ilmidagi bahs-munozalarda ishtirok etdi. Natijada, Imom al-Buxoriy 
hadis ilmida kamolotga erishib, o‘zi yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih 
va g‘ayri sahihlariga ajratdi. 
Imom al-Buxoriy Islom olami va muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” 
(Barcha muhaddislarning peshvosi) deb hurmat bilan tilga olinadi. Imom al-
Buxoriyning 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə