Byudjet soliq sektori va uni tartibi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə1/10
tarix23.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#157849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BYUDJET SOLIQ SEKTORI VA UNI TARTIBI


BYUDJET SOLIQ SEKTORI VA UNI TARTIBI

REJA:
KIRISH


ASOSIY QISM

  1. Daromadlar va xarajatlar tasnifi. Budjet balansi tushunchasi

  2. Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash. Kamomadni moliyalashtirish

  3. Soliq-budjet siyosatining barqarorligi. Daromadlar va xarajatlar tahlili

XUOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash. davlat moliyasi statistikasi tizimi
Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar хo‘jalik rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pulkredit va valyuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining holati, qarzdorlik darajasi,
inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va boyliklarini taqsimlashga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi sababli kelib chiqadi.
Mamlakatning soliq-budjet sohasidagi umumiy holatiga baho berish, uni barqarorlashtirish va tizimiy islohotlar bilan birgalikda qarab chiqish uchun budjet operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida tushuncha bo‘lishi talab qilinadi.
Quyida dastlab, ХVJ tomonidan ishlab chiqilgan ”Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar”da (DMS) keltirilgan asosiy tushunchalar keltiriladi. DMS davlat boshqaruv idoralarinin budjet operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni хalqaro andozalarga ko‘ra hisobga olish tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu tamoyillar daromadlar, xarajatlar, kapitalni jamg‘arish va moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat operatsiyalarini tahlil qilishda ko‘mak berish uchun ishlab chiqilgan.
So‘ngra davlat boshqaruv sektoriga tushuncha, davlat idoralari operatsiyalari hajmini miqdoran o‘lchash, tasniflash va davlat idoralari operatsiyalarini ifodalashda ishlatiladigan boshqa tushunchalar keltiriladi. Shuningdek, daromadlar va xarajatlar kategoriyalarining asosiy tasnifi keltirilib, odatdagi umumiy balans tushunchasi muhokama qilinadi.
Mavzuning ikkinchi qismida budjet sohasini tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tahliliy хarakterdagi umumiy masalalar ko‘rib chiqiladi. Bunda davlat jamg‘armasi va investitsiyalari, budjet disbalansini o‘lchashning muqobil usullari, davlat budjeti kamomadini moliyalashtirishning muqobil usullari va ularning makroiqtisodiy oqibatlari, soliq-budjet siyosatining barqarorligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlat daromadlari va xarajatlari o‘zgarishini baholash usullari chuqur tahlil qilingan.
DMS ko‘rsatmasida davlat boshqaruv idoralarining bir nechta darajalari aniqlangan: markaziy hukumat, shtat va mintaqa darajasidagi idoralar, mahalliy idoralar va milliydan yuqori bo‘lgan idoralar.
Ko‘pchilik mamlakat davlat boshqaruv idoralari sektoridagi budjet operatsiyalari kamida davlat budjetini shakllantiradigan markaziy hukumatni nazarda tutadi. Biroq, ko‘p mamlakatlarda budjet operatsiyalari bilan mahalliy va mintaqaviy idoralar ham shug‘ullanadi. Davlat boshqaruv sektori atamasi davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab oladi. Davlat boshqaruv sektori va pul-kredit sektori orasidagi funksiyalarni ajratish maqsadida DMSga ko‘ra ikkala sektordan davlat bank va pul-kredit operatsiyalari chiqarib tashlangan. Masalan, pul-kredit boshqaruv idoralarining barcha funksiyalari, bunday operatsiyalarni qaysi tashkilot bajarishidan qat’i nazar, davlat boshqaruv sektoriga emas, pul-kredit sohasiga kiritiladi. Pul-kredit va soliq-budjet siyosatlarini ajratish, hamda pul-kredit va moliya statistikalarini davlat moliyasi statistikasidan ajratish uchun bu sohalardagi operatsiyalar bir-biridan alohida tahlil qilinishi lozim.
Davlat sektori – keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat kommunal korхonalari kabi davlat nomoliyaviy korхonalar kiritiladi.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə