Detallarni va yig`ma qismlarni muvozanatlash asoslari. Dinamik muvozanatlash. Sanoat mashinalaridagi barabanlar



Yüklə 42,51 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü42,51 Kb.
#182077
  1   2   3
Lecture 10 (1) (1)


10-MA`RUZA.
AYLANUVCHI DETALLARNI BALANSIROVKALASH


REJA:

  1. Detallarni va yig`ma qismlarni muvozanatlash asoslari.

  2. Dinamik muvozanatlash.

  3. Sanoat mashinalaridagi barabanlar.

  4. Barabanlarni muvozanatlash (balansirovkalash)



1.Detallarni va yig`ma qismlarni muvozanatlash asoslari
Komplektlash jarayonida xal etiladigan muxim vazifalardan biri aylanadigan detallar va qismlarni muvozanatlashdan iborat.
Nomuvozanatlik xodisalari tirsakli xamda kardanli vallarda, g‘ildiraklarning va ilashish muftalarining disklari, maxoviklar va boshqalarda sodir bo‘ladi.
Muvozanatlash. Mashina va uskunalarni ta’mirlash texologik jarayoniga nazorat-sozlash, o‘lchamlarni yetiltirish, rostlash va texnikaning sifatli tamirlanishiga qaratilgan boshqa ishlar kiradi. Muvozanatlash mashina va uskunalardagi aylanadigan qismlarning mexanik nomuvozanatligini bartaraf etishga qaratilgan.
Nomuvozanat detallar va qismlar katta tezlikda aylanganda markazdan qochma kuchlar ta’sirida mashinalarni titrata boshlaydi, natijada podshipniklar tez yeyiladi, birikmalar buziladi, ba’zi xollarda esa mashina sinishi xam mumkin.
Detallar va qismlarning nomuvozanat (disbalans) xolatda bo‘lishiga aylanuvchi jism og‘irlik markazining aylanish o‘qiga nisbatan siljishi sabab bo‘ladi. Og‘irlik markazining siljishiga esa detal ashyosining notekis zichligi, notekis yeyilganligi, detallarning noaniq yig‘ilganligi va boshqalar sabab bo‘ladi.
Mexanik nomuvozanatlik natijasida podshipniklarga va aylanuvchi detallarning boshqa tayanchlariga ta’sir etuvchi qo‘shimcha dinamik kuchlar paydo bo‘ladi. Natijada paydo bo‘lgan titrashlar detallar qo‘shilmasining tez yeyilishiga va mashina foydali quvvatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun mashinalarni yig‘ishdan oldin katta tezlikda aylanadigan detallar tekshirilishi va muvozanatlanishi lozim.

Yüklə 42,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə