Doimiy mustahkamlagichni tiklash vaqtini hisoblash



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#138090
  1   2   3   4
Документ Microsoft Word (2)


Doimiy mustahkamlagichni tiklash vaqtini hisoblash.
Hozirgi vaqtda quvurlar orqali beton aralashmani stvolga yuklashda qazish joyidagi ko‘chma qoliplar yordamida stvollarni monolit beton bilan mahkamlash doimiy krep tiklashning eng tejamli va serunum usullari bo‘lib sanaladi.
Har bir kirmani mahkamlash jarayonining umumiy davomiyligi (s)

bunda, - yorug‘likda stvol diametri, m; - krep qalinligi, m;
- quvur bo‘ylab beton uzatishning umumiy unumdorligi, m /ch;
- qolipning ishlash balandligi, m; - tayyorlash–yakunlash ishlarining davomiyligi, s.
Beton aralashmani qolip orqasiga yotqizishning haqiqiy davomiyligi ish hajmiga va beton aralashmani stvolga uzatish unumdorligiga (beton uzellari unumdorligiga, aralashmani stvolga yuklash vaqtiga va quvurlarning o‘tkazish salohiyatiga) bog‘liq.
Bitta yoki ikkita quvurga samosvallar bilan betonni etkazib berishda betonni uzatish unumdorligi 6—8 va 12—16 m /s. tashkil etadi.
Bitta kirmaga doimiy mahkamlashdagi tayyorlash – yakunlash ishlari davomiyligi quyida keltirilgan (soatda).
Qolipni o‘rnatishda zaboyda (qazish joyida) tog‘ jinslarini yoyib
tekislash …..0,5—1,5
Tabaqalarni ochish, tayyorlash – yakunlash ishlarini kiritgan holda, qolipni uzish, tushirish va mahkamlash ……1,5—2,5
Tog‘ jinsini yuklash bilan mustahkamlashni birga olib borishda betonning chidamliligi 1
Misol: Agar qolipning ishlash balandligi 4m, beton quvurlari soni 1ta bo‘lsa, beton krepi qalinligi 400 m.li, yorug‘likda 6 m. diametrli stvolning doimiy mahkamlash davomiyligini aniqlash.
Echim: 1ta quvur bo‘ylab beton uzatishning va betonni samosvallarda etkazishdagi o‘rtacha mehnat unumdorligi
= 7 m /s.
Tayyorlash – yakunlash ishlari davomiyligi
= 3 s. Unda s.
Gorizontal va qiya lahimlarni o‘tkazish usulining texnologik sxemasini tanlash.
Lahimlarni o‘tkazishning 2 ta usuli mavjud: oddiy (odatdagidek) va maxsus usul.
Oddiy usul lahim zaboyi (qazish joyi)ni ochish joiz bo‘lgan mustahkam tog‘ jinslarida qo‘llaniladi.Tog‘ jinslarini yaxlit massivdan ajratib olishning asosiy usullari va ularni qo‘llash sohasi 3.1 jadvalda berilgan.
Maxsus usullar yordamida beqaror, bo‘shoq, sochiluvchan yoki suvchan tog‘ jinslarida, ya’ni qazish joyini o‘zuvchi krep, shchit yoki masalan, suv eltuvchi jinslarni oldindan muzlatishsiz ochish mumkin bo‘lmaganda, lahimlar o‘tkaziladi.
Lahimni qurish usuli, har bir alohida holat uchun, uni o‘tkazishning texnologik sxemasi bilan, ya’ni massivdan tog‘ jinsi massasini ajratib olish vositasi va usullari, uni yuklash va qazish joyidan ortish, krep tiklashning xavfsiz to‘plami bilan xarakterlanadi. Massivdan ko‘mir yoki tog‘ jinsini ajratish usullari va ularni maqsadga muvofiq qo‘llash sohalari jinsning qattiqlik koeffitsientiga, shuningdek, ko‘ndalang kesimiga va lahim uzunligiga bog‘liq. 3.1 Jadval.

Massivdan jinsni ajratish usuli

Qattiqlik koeffitsienti va kon-texnika sharoitlari bilan aniqlanadigan qo‘llanish sohasi

Burg‘ilab portlatish

Qattiqlik koeffitsienti 1 dan 20 gacha va undan ortiq, mexanik va boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas yoki samarasiz. Lahim kesimi maydoni cheklangan emas.

Mexanik

Qattiqlik koeffitsienti asosan 6 dan oshmagan. Lahim uzunligi 300 m.dan ortiq, kesim maydoni lahimni o‘tish kombayni, burg‘ilash mashinasi, o‘tish shchiti yoki boshqa mexanik agregatlarning texnik xarakteristikasi bilan cheklangan.

Gidravlik

Qattiqlik koeffitsienti 1,2 dan yuqori emas, biroq gidroimpuls agregatlar (gidropushkalar) yanada qattiqroq jinslarda qo‘llaniladi.

Dastaki

Qattiqlik koeffitsienti 1,5 dan oshmagan. Boshqa usulni qo‘llash mumkin emas. Lahim uzunligi minimal. Kesim maydoni cheklangan.

Murakkab (qo‘shma)

Qo‘llanilish sohasi qo‘llanish usullari murakkabligiga bog‘liq. Quyidagi birikmalar mumkin: burg‘ilab portlatish mexanik bilan, mexanik gidravlik bilan va boshqa usullar.

Kon kovlash davrining asosiy va yordamchi jarayonlaridagi eng ko‘p mexanizatsiyali o‘tkazish usuli afzal ko‘riladi.
Texnik echimlarni qabul qilishda shuni e’tiborga olish kerakki, burg‘ilab portlatish usuli bilan massivdan tog‘ jinsini ajratib olish, odatda, s f>4 jinslarda lahimlar o‘tkazishda, agar ko‘ndalang kesim maydoni 40 m2 dan yuqori bo‘lsa, ko‘ndalang kesimi maydoniga qaramasdan s f>1,5 jinslarda ham qo‘llaniladi.
s f≤4 va S = 4÷16 m2 jinslar mavjudligida strelali tanlanma bajaruvchi organli kombaynlar; s f = 6÷12 va S=9÷20 m2 — jinslarda burg‘ulovchi (rotorli yoki planetarli) ishchi organli kombaynlar tavsiya qilinadi. Kuchli qattiqlik xossalariga ega (ko‘mir va tog‘ jinslari) aralash tog‘ jinslarida lahimlar o‘tkazishni manipulyatorida 2 ta burg‘ulash mashinali PK-9r rusumli kovlab o‘tishli (proxodli) kombaynlari yordamida amalga oshirish mumkin.
Kon kovlash ishlarini kompleksli mexanizatsiyalash uchun kombaynli kovlab o‘tishli (proxodli) komplekslarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu holatda texnologik sxemalar transport turi bilan farq qiladi (relsli, konveyerli).
Lahimni o‘tkazish va jinsni ajratib olish usuli tanlab olingach, o‘tkazishning texnologik sxemasi, zaboy (qazish joyi) shaklini tarashlash turi, tog‘ massasini ortish va eltish usuli, doimiy va vaqtinchalik krepni, yordamchi jarayonlarni bajarish texnologiyasi tanlab olinadi va asoslaniladi. Maxsus usulda himoyalash ishlarini bajarish va jinslarni mustahkamlash uchun qanday usul qo‘llanilishi, uning mohiyati va asosi qo‘shimcha tarzda tasvirlaniladi.
Lahim texnologik sxemasini o‘tkazishni kon-geologik (qalinligi va qatlamlarning yotish burchagi, aralash jinslarda qattiqlik va mustahkamlik, jinslarning suvchanligi, sergazligi) va ishlab chiqarishdagi texnik sharoitlar va omillarga (kesim maydoni, davomiyligi, xizmat muddati, lahim o‘tkazish tezligi, kon massasini etkazish usullari, materiallari va jihozlariga) bog‘liq holda tanlab olinadi. Agar kon-geologik omillar lahim o‘tkazish usulini tanlashga ta’sir qilsa, unda ishlab chiqarish-texnik omillar jihozlarni tanlashga va ishning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi.
Lahim o‘tkazishning texnologik sxema turlari juda ko‘p. Biroq har bir holatda o‘z mexanizatsiya tanloviga, kon kovlash ishlarining bajarish tartibiga, mehnatni tashkil etish shakliga ega. Kon kovlashda jihozlarni tanlashda va lahimni o‘tkazish usullarini tanlashda aralash jinslar qattiqligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko‘mir shaxtalarida lahim o‘tkazishda f≤6 jins qattiqlik koeffitsientli aralash ko‘mir jinsli yoki tog‘ jinsli zaboylar bo‘yicha tanlashda kovlab o‘tish (proxod) kombaynlari va uzluksiz, relsli yoki o‘zi yurar transport vositalari qo‘llaniladi. f>6 li jinslar bo‘yicha lahim o‘tkazishda, asosan, massivdan tog‘ massasini ajaratishda burg‘ulab portlatish usuli va ularni yuklash va tashishda yuklovchi yoki yuklovchi-transportli mashinalar, relsli transport, o‘zi yurar transport mashinalari qo‘llaniladi.
Jinslarni yuklash, transport vositalari va yordamchi yuklarni zaboyga etkazish usullarini tanlashda o‘tkazilayotgan lahimning qiyalik burchagi katta ta’sir o‘tkazadi. Masalan, g‘ildirak-relsli mexanizm joylashtirilgan yuklash mashinalari saqlagichli qurilmasiz faqatgina qiyalik burchagi 3°gacha bo‘lgan lahimlarda, o‘rmalovchi zanjirlilarini do 6°gacha bo‘lgan lahimlarda qo‘llash mumkin. 6° dan yuqori qiyalik burchagi mavjud lahimlarda, qiyalikda tutib turish uchun maxsus saqlagich qurilmali yuklash mashinalari zarur bo‘ladi.
Elektrovozli tashigichlarni faqat lahimning qiyalik maksimal burchagi 3° gacha bo‘lganda, silliq lentali konveyerlarni 18° gacha, qirg‘ichli konveyerlarni 35° gacha, pnevmog‘ildirakli mexanizm joylashtirilgan o‘zi yurar transport o‘rnatmalarini 15° gacha, vagonetkalardagi oxiri sim arqonli tashigichlarni 25—30° gacha bo‘lganda qo‘llash mumkin.
Ko‘mir shaxtalarida lahim o‘tkazishda transport vositalarini tanlashga qatlam qalinligi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Aralash ko‘mir jinsli zaboyda lahim o‘tkazishda qazishning va kon massasini tashishning turli variantlarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi, kp, jinsini tarashlash koeffitsienti, ya’ni maydonning umumiy zaboy maydoniga nisbati bilan aniqlanadi. kp<0,8 bo‘lganda, ko‘mir va tog‘ jinsining birgalikdagi chuquri bilan, kp>0,8 bo‘lganda esa alohida chuquri bilan lahim o‘tkazish sxemasi ko‘proq maqbuldir.
Transport jihozlarini tanlash o‘tkaziladigan lahimning uzunligiga bog‘liq. Lahim uzunligi va kon massasini tashish masofasi ortishi bilan transport qurilmalarining davriy harakati unumdorligi pasayadi. Uzluksiz harakatli transport qurilmalarini qo‘llaganda, lahim uzunligi ortishi bilan konveyerlar va transport liniyalari soni ortdi, buning natijasida o‘ta yuklanish punktlari soni ortadi va mustahkamligi pasayadi.
Lahimning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari lahim o‘tkazish usullarini tanlashga va transport vositalariga etarlicha ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkazilayotgan lahimning ko‘ndalang kesim ortishi bilan yanada unumdorli yuklash vositalarini va unumdorli transport jihozlarini qo‘llash zarur. Masalan, kesim maydoni 18 m2 ko‘mir shaxtalarida lahim o‘tkazishda tayyorlov zaboyida bir paytning o‘zida ishlaydigan cho‘michli ikkita yuklash mashinasi qo‘llaniladi. Kesim maydoni 40—80 m2 bo‘lgan tonnelllarni o‘tkazishda jinslarni ortish uchun pnevmog‘ildirakli mexanizm joylashgan cho‘michli yuklash mashinalari yoki ekskavatorlar, ularni zaboydan eltish uchun esa avtosamosvallar qo‘llaniladi. Kesim maydoni katta (yaxlit yoki pog‘onali zaboyli) tonnellarni o‘tkazish ishlarini ishlab chiqish sxemasi albatta yuklash va transport jihozlari turini va xilini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi.
Lahimlarni o‘tkazishni tezlatish barcha operatsiyalarni jadallik bilan bajarishni va ularning mosligini, binobarin, jihozlar miqdorining va xizmat qiluvchi xodimlarning ortishini talab qiladi.
Mehnatni tashkil etishning eng taraqqiy etgan shakli –brigadali shakl bo‘lib, qaysiki, bunda yuqori ish unumi va ishchilarning o‘zaro almashinuvchanligi ortadi. Kon kovlovchi brigada tarkibiga kiruvchi zvenoning har bir ishchisi o‘zining asosiy kasbidan tashqari, yondosh kasblarni ham bilishi zarur, masalan yuklash mashinasi mashinisti, elektrovoz mashinisti va b.
Lahimlar ko‘pincha to‘liq kesim bilan (yaxlit zaboy bilan) o‘tkaziladi va faqatgina 20 m2 dan ortiq kesim maydoniga pog‘ona shakli beriladi. SHipdagi mustahkam jinslarda zaboy, odatda, gorizontal pog‘onalarga ajratiladi, olib borilayotgan ishning samaradorligi, qulayligi va xavfsizligidan kelib chiqib, uning miqdori va balandligi belgilanadi. Agar ship jinslari mustahkam bo‘lmasa, unda zaboy vertikal pog‘onalarga bo‘linadi. Pog‘onali shakl ma’lum bir darajada zaboylarda ishlarni bir yo‘la olib borish imkonini beradi.
Kon massasini kovlash va krep o‘rnatish bo‘yicha ishlar lahim o‘tkazish va mustahkamlash pasportiga muvofiq amalga oshiriladi.
Gorizontal va qiya lahimlarni o‘tkazishning texnologik sxemasini tanlash VNIIOMSH-Som, KuzNIIshaxtostroy, A. A. Skochinskiy nomli IGD tomonidan ishlab chiqilgan turli sharoitlar uchun texnologik sxemalar albomi bo‘yicha, kon-geologik sharoitlar va lahimning ishlab chiqaruv-texnik ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda, u yoki bu texnologik sxemaning qo‘llanilish sharoitlari ko‘rsatkichlariga tayangan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə