“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”



Yüklə 84,48 Kb.
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü84,48 Kb.
#123565
  1   2   3   4
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari

“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”

Reja: 1. Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari 2. Mifologik dunyoqarash 3. Diniy dunyoqarash. 4. Falsafiy dunyoqarash.

Falsafa insonning tafakkur madaniyatini, dunyoqarashini shakllantiruvchi fan. Dunyoqarash esa, kishilaming olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash - olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to‘plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va hodisalar to’g‘risida qancha ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ulaming dunyo-qarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholashi hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo‘shilib baholangach, insonning tevarak-atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita amaliy yo‘l tutish maqsadiga xizmat qiladi.

Dunyoqarash tushunchasi «dunyoni his qilish», «dunyoni tushunish» iboralari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu bejiz emas, albatta. Olamdagi narsa va hodisalar bizning hissiy organlarimiz orqali kishilarda turli-tuman hissiyotlarni, kayfiyatlarni yuzaga keltiradi. Ular bizning tafakkurimiz yordamida mujassamlashtiriladi va nihoyatda ma’lum fikrlar, tasavvurlar, tushunchalar, qarashlar hosil bo‘ladi. Demak, dunyoqarash o‘z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish jarayonlarida hosil bo’ladigan idrok, kayfiyatlami ham qamrab oladigan tushunchadir. Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Uning birinchisini, kishilaming kundalik hayoti amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasawurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini esa ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bo‘lib, bir-birini to’ldiradi. Dunyoqarash qotib qolgan, hech qachon o‘zgarmaydigan o‘lik g‘oyalar yig‘indisi emas.


Yüklə 84,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə