Eshitishda nuqsoni bor bolalar



Yüklə 11,9 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü11,9 Kb.
#155520
  1   2   3   4
Asqarova Muhtasarxon

Mavzu: Eshitishda nuqsoni bor bolalar


Asqarova Muhtasarxon ism familya

Reja: 1.Surdopedogogikaning predmet va metodlari 2. Maxsus pedagogika tarmog‘i 3.Kelib chiqish sabablari


Surdopedagogika (lot. surdus kar va pedagogika) — defektologiya tarmogʻi; kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus oʻqitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni oʻqitish nazariyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixologik rivojlanish, oʻquv fanlarini oʻqitish, talaffuzni oʻrgatish va "lab bilan oʻqish", mehnatga oʻrgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganib, maxsus oʻquvtarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus oʻquvtarbiya muassasalarini tashkil etish tartibkridalarini ishlab chiqadi. Fan asoslarini oʻrganish bilan zaif eshituvchi bolalarda ogʻzaki nutq shakllanib boradi.
Surdopedagogika umumiy pedagogikaning tamoyillari, metodlari, ta’lim berish va tarbiyalash vositalaridan keng foydalanadi. Bu metodlardan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tarbiyasi, o ‘qishi va rivojlanishida qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda kar va zaif eshituvchilarning ta’limda to‘g‘ri talaffuz qilish, o‘qitishning yanada rivojlanishida surdo texnikaviy asboblardan keng ko’lamli foydalanishni talab qilyapti. Shundan dalolat beradiki, surdopedagogika surdotexnika fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Surdopedagogikaning metodlari eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘rganish, ularni o ‘qitish jarayonini nisbatan yuqori pog‘onaga ko’larish, shuningdek, ushbu toifa shaxslaming kelgusi hayotda o‘z o ‘rinlarini topishlariga xizmat qiladi. Buning uchun qator metod va yo’llardan foydalaniladi.

surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik), eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta’limtarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog‘i).

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari va qonuniyatlari – maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi. Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir, zero korreksionpedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi bola o‘sishidagi kamchiliklarining oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogikaning alohida fan sifatida o‘rganilishi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yosh davrlariga xos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarning mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta’lim-tarbiya shart-sharoitlarini yaratishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan belgilanadi


Yüklə 11,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə