Eshitishda nuqsoni bor bolalar



Yüklə 11,9 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü11,9 Kb.
#155520
1   2   3   4
Asqarova Muhtasarxon

Demak, bolalarning risoladagidek rivojlanishi uchun, me’yorda eshitadigan bolalardan-da ko‘proq maxsus ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish talab etiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta’lim-tarbiya berilgan holda, ularning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishning oldini olish, mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har tomonlama kamol topishini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Pedagogikada tarbiya qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan sifatida hodisalarning keng doirasi qamrab olinadi va turli sharoitda ta’lim-tarbiyani tashkil etish masalalari ishlab chiqiladi. Maktabgacha surdopedagogika fani pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi

Maktabga surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini falsafa tashkil etadi, zero, falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi, tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish imkoniyatini beradi. Ma’lumot va ta’lim nazariyasi bo‘lgan didaktika surdopedagogika fanlari tizimiga kiradi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o‘rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu asosda ta’limning maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari ishlab chiqiladi.

Surdopedagogika ulardan foydalanib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limining mazmuni va metodlarini ishlab chiqadi. Maktabgacha surdopedagogika fanida psixologlar L.S.Vigotskiy, I.M.Solovev, T.V.Rozanovalarning, ilmiy nazariyalariga ko‘ra psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchilik bolaning jismoniy va psixik rivojlanishining buzilishiga olib kelsa, bunday bola anomal deb hisoblanadi. Eshitishning pasayishi bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi: nutqning muloqot qilish, idrok etish, fikrlash, bilish faoliyatini rivojlantirish vositasi sifatida rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkillashtirish, eshitishning pasayishi bilan bog‘liq umumiy va xususiy jihatlarni tushunish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmoq zarur.


Yüklə 11,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə