Eshitishda nuqsoni bor bolalar


surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik), eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta’limtarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog‘i)



Yüklə 11,9 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü11,9 Kb.
#155520
1   2   3   4
Asqarova Muhtasarxon

surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik), eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta’limtarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog‘i).

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari va qonuniyatlari – maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi. Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir, zero korreksionpedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi bola o‘sishidagi kamchiliklarining oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogikaning alohida fan sifatida o‘rganilishi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yosh davrlariga xos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarning mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta’lim-tarbiya shart-sharoitlarini yaratishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan belgilanadi

Eshtishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi nutqining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o‘rgatib borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomalada esa chegaralangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini o‘zlashtiradilar va ulardan to‘g‘ri foydalanadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta’lim berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o‘zgalar nutqini idrok eta olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so‘zlashuv nutqning ta’sirisiz kechadi. Shunday qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishning buzilishi oqibatida bolaning rivojlanishi to‘xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi.


Yüklə 11,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə